• 8-bob. Yakuniy qoidalar
  • 1-bob. Umumiy qoidalar
  • Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining
  • Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/19
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,14 Mb.
    #143322
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
    Bog'liq
    Metodik xizmat korsatish ishlarini yanada takomillashtirish togrisida

     
    7-bob. Moddiy rag‘batlantirish 
     
    22. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan metodbirlashma rahbarlariga 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Vazirlar 
    Mahkamasining 
    2019-yil
    30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim 
    muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor 
    jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida 
    nizom”ga muvofiq, talabnoma asosida tarif stavkalariga har oylik ustama haqi berilib 
    borilishi mumkin.


    8-bob. Yakuniy qoidalar 
     
    23. Metodbirlashmalar umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv 
    ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra maktab direktorining buyrug‘i bilan 
    tashkil etiladi va tugatiladi.
    24. Metodbirlashma qarorlarini bajarish Metodbirlashmaning har bir a’zosi 
    uchun majburiy bo‘lib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati Metodbirlashma rahbari 
    tomonidan amalga oshiriladi. 


     
    O‘zbekiston Respublikasi
    Xalq ta’limi vazirining
    2022-yil 5-dekabrdagi 
    372-sonli buyrug‘iga 
    3-ILOVA
     
    Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi
    Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi to‘g‘risidagi 
    NIZOM 
     
    1-bob. Umumiy qoidalar 
     
    1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nizomiy 
    nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish 
    bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-son 
    qarorining 11-bandi asosida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy 
    markazlari (keyingi o‘rinlarda milliy markaz) tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga 
    ega bo‘lmagan Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining asosiy vazifalari va 
    funksiyalarini, huquqlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
    2. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari faoliyati Xalq ta’limi vazirligi 
    huzuridagi Respublika ta’lim markazi (keyingi o‘rinlarda — Respublika ta’lim 
    markazi) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
    3. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlarining rahbarlarini ishga qabul qilish 
    Respublika ta’lim markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
    4. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari xodimlarining malakasini doimiy 
    oshirib borish, ularni ko‘rsatma materiallari bilan ta’minlash vazifasi Respublika 
    ta’lim markazi zimmasiga yuklatiladi. 
    5. Milliy markazlar Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari faoliyatiga umumiy 
    rahbarlikni amalga oshiradi. Bo‘limning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi. 
    6. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
    Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
    palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, 
    qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, 
    Xalq ta’limi vazirligining buyruqlariga, mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlariga 
    amal qiladi. 
    7. Bo‘limning rasmiy nomi: 
    a) davlat tilida: 
    to‘liq nomi –Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi; 
    b) rus tilida: 
    to‘liq nomi – Otdel metodicheskoy slujbы; 
    v) ingliz tilida: 
    to‘liq nomi – Methodical service department. 



    Download 1,14 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish