-bob. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining vazifalari va funksiyalari




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana22.01.2024
Hajmi1,14 Mb.
#143322
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Metodik xizmat korsatish ishlarini yanada takomillashtirish togrisida

2-bob. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining vazifalari va funksiyalari 
 
8. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining asosiy vazifalari va funksiyalari 
quyidagilardan iborat: 
Respublika ta’lim markazining maxsus dasturi, shuningdek, ishlab chiqilgan 
yangi maktab darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari asosida umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalari o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish; 
umumiy o‘rta ta’lim mazmunini zamonaviy talablar, shuningdek, o‘quv-
tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullari, ilg‘or pedagogik 
texnologiyalar, uzviy va uzluksizligini inobatga olgan holda takomillashtirib borish 
yuzasidan takliflar ishlab chiqish; 
umumiy o‘rta ta’lim mazmunini belgilovchi baholash mezonlariga tayangan 
holda zamonga mos tarzda yangilanib turuvchi sifatli ta’lim mazmunini yaratishda 
milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish, rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok 
etish; 
ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda, mazmun va sifat 
jihatdan xalqaro talablarga mos ravishda ishlab chiqilgan umumiy o‘rta ta’limning 
milliy o‘quv dasturi, tayanch va variativ o‘quv rejalari hamda o‘quv dasturlarini 
takomillashtirish, tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda amaliyotga joriy etish ishlarini 
amalga oshirish; 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining milliy o‘quv dasturiga muvofiq metodik 
faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik yordam berib borish ishlarini 
tashkillashtirish; 
darslik va o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun umumta’lim 
maktablarining fan o‘qituvchilaridan takliflar olish, Respublika ta’lim markaziga 
taqdim etish orqali darsliklarning yangi avlodini yaratish ishlariga yaqindan yordam 
berish; 
yaratilgan darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni 
ekspertizadan o‘tkazish, ularni ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha seminar-treninglar 
o‘tkazish; 
ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish ishlarini tashkil etishda 
Respublika ta’lim markazi bilan birga ishlash; 
fanlarning o‘qitish metodikasi va o‘quvchilar bilimlarini baholashning 
xalqaro hamda milliy tajribalarni singdirgan holda zamonaviy uslublarini ishlab 
chiqish, shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan 
o‘qitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va bu boradagi ijobiy tajribani 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ommalashtirish; 
o‘quv tarbiya jarayoniga “STEAM” fanlarini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or 
pedagogik texnologiyalarni tahlil etish va maqbul metodikalarni amaliyotga joriy 
etish yuzasidan Respublika ta’lim markaziga takliflar ishlab chiqib, taqdim etish; 
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan xalq ta’limi 
tizimida metodik yordam ko‘rsatishni rivojlantirish, istiqbolli va dolzarb 
muammolarning tahlili bo‘yicha Respublika ta’lim markaziga takliflar kiritish; 
ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik 
uslublarini hamda raqamli ta’lim resurslarini rivojlantirishni keng joriy etish orqali 


ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashish; 
umumiy o‘rta ta’limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini 
amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, tajriba-sinovlar olib borish, 
o‘quv-tarbiya jarayonini uslubiy ta’minlash masalalarida hududiy xalq ta’limi 
boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 
ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan o‘quv va 
o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish bo‘yicha fundamental, amaliy 
va ilmiy tadqiqotlar loyihalarini amalga oshirish; 
o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, iqtidorlarini aniqlash, qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy 
imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish; 
o‘qitishning interaktiv va zamonaviy usullarini, metodik materiallarni, 
pedagoglar kasbiy kompetentligini rivojlantirish va oshirish bo‘yicha metodik 
yordamning samarali shakllarini ishlab chiqish, tajriba-sinovdan o‘tkazish, 
takomillashtirish shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishga yo‘naltirish; 
zamonaviy ta’lim muhitini yaratish asosida o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar 
dizaynini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha eksperimentlar o‘tkazish, 
vazirlik va Respublika ta’lim markaziga xulosa va takliflar kiritish; 
darsliklar, didaktik va ta’lim resurslarini tahlil qilish, ekspertizadan o‘tkazish, 
bazasini yaratish, boyitib borish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda 
metodik yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish; 
davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja, dasturlarni, o‘quv-metodik materiallarni 
tizimli tahlil qilish, Metodik xizmat bo‘limlari huzurida O‘quv-metodik kengashlari 
faoliyatini olib borish;
yosh avlodni tarbiyalash, ularning ongida Vatanga sodiqlik va uning taqdiri 
uchun daxldorlik hissini singdirish, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga 
nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishni ta’lim mazmuniga singdirish 
hamda o‘quv-metodik mahsulotlar ishlab chiqish hamda joriy etish; 
umumiy o‘rta ta’lim sifat mazmunini va metodik xizmatini yaxshilash 
maqsadida fanlar kesimida tayanch maktablar faoliyatini muvofiqlashtirib borish; 
umumta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini onlayn va offlayn kuzatib 
borish va tahlil qilish; 
Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari bilan 
kelishilgan holda malaka oshirishga kelgan o‘qituvchilar uchun “Metodist soati”ni 
o‘tishi mumkin; 
ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga borib 
manzilli metodik yordam ko‘rsatish; 
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan 
materiallar tayyorlash hamda xalq ta’limi sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan 
xalqaro, mintaqaviy uchrashuvlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish; 
Respublika ta’lim markazi Milliy markazlar tuzilmasidagi Metodik xizmat 
ko‘rsatish bo‘limi faoliyati va unga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi 
yuzasidan doimiy monitoring qilib boradi hamda Xalq ta’limi vazirligiga axborot 
berib boradi. 



Download 1,14 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining vazifalari va funksiyalari

Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish