• 5-bob. Bo‘limni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
  • Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlarining malaka tavsiflari
  • Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/19
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,14 Mb.
    #143322
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    Metodik xizmat korsatish ishlarini yanada takomillashtirish togrisida

    metodik kengashlar tashkil etiladi. 
    O‘quv-metodik kengashlar tarkibi va ish rejasi Respublika ta’lim markazi 
    bilan kelishilgan holda Milliy markaz tomonidan tasdiqlanadi. 
    O‘quv-metodik kengashlarning ish tartibi Metodik xizmat ko‘rsatish 
    bo‘limining yillik ish rejasiga muvofiq tashkil etiladi. 
    5-bob. Bo‘limni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, xodimlarning 
    mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish 
     
    14. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 
    bo‘lgan xarajatlar Milliy markazlarga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 
    moliyalashtiriladi.  
    15. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari metodistlarining bazaviy tarif 
    stavkasi miqdori umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oliy toifali o‘qituvchisining 
    bazaviy tarif stavkasiga, bo‘lim boshliqlariniki esa - umumiy o‘rta ta’lim 
    muassasalari oliy toifali o‘qituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdorining
    1,1 baravariga tenglashtiriladi. 
     
    6-bob. Yakunlovchi qoida 
     
    16. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi qayta tashkil etish va tugatish qonun 
    hujjatlarida belgilangan tartibda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 


    O‘zbekiston Respublikasi 
    Xalq ta’limi vazirining
    2022 yil 5-
    dekabrdagi
    372-sonli buyrug‘iga 
    4-ILOVA
    Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazlaridagi
    Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlarining
    malaka tavsiflari 
     
    1. Lavozim vazifalari
     
    Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni bilishi, tahlil qila olishi va o‘z 
    munosabatini bildira olishi; 
    biriktirilgan fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturi, o‘quv reja, o‘quv dastur va 
    darsliklarning mazmun mohiyatini bilishi va tahlil qilib bera olishi, aniqlangan 
    kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha metodik ko‘rsatma va tavsiyalar berish 
    ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; 
    o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fani bo‘yicha) milliy o‘quv 
    dasturi talablarining bajarilishi yuzasidan o‘tkaziladigan monitoring natijalari 
    asosida o‘quvchilarning bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish masalalari bo‘yicha 
    tavsiyalar va chora tadbirlar rejasini ishlab chiqish; 
    o‘z metodistlik yo‘nalishida (qamrab olingan fani bo‘yicha)gi fanning 
    o‘qitilishi bo‘yicha metodbirlashmalar ishlariga amaliy va metodik yordam berishni 
    ta’minlash;
    o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq, bosqichli nazorat ishlari va yakuniy 
    attestatsiya natijalarini o‘rganib tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish 
    yuzasidan tavsiyalar tayyorlash va uni ta’lim muassasalariga yetkazish; 
    o‘qituvchilarni o‘quv tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot 
    texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan 
    ta’minlash; 
    metodik ishlarni muvofiqlashtirish, turli sinovlar natijalarini tahlil qilish, 
    yangi o‘quv metodik qo‘llanma va darsliklar sinovi bo‘yicha materiallar tayyorlash, 
    yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazilishini 
    tashkil etish, o‘ziga biriktirilgan fani yuzasidan tajriba-tadqiqot ishlarini o‘tkazish;
    ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga va sifatini oshirishga oid turli anjuman, ilmiy-
    amaliy konferensiyalar, o‘quvlar ko‘rik tanlovlar, “Ustozlar milliy forumi”, ilmiy-
    amaliy yig‘ilishlarni tashkillashtirish va o‘tkazish; 
    tayanch maktablar negizida biriktirilgan fanining o‘qitilish sifatini oshirish, 
    ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga oid 
    seminar va konferensiyalar o‘tkazish, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf 
    etish chora tadbirlarini ishlab chiqish; 
    o‘z fani bo‘yicha o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
    umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining fan xonalarini jihozlash 
    fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlar uchun yaratilgan o‘quv laboratoriya 


    jihozlari, kompyuter sinflaridan samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar 
    yaratib borish; 
    har xil o‘tkaziladigan tanlovlarga nazorat topshiriqlarini hududiy xalq ta’limi 
    boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlash;
    biriktirilgan fanining o‘qitilishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va 
    ijtimoiy tarmoqlarda (teleko‘rsatuv, radioeshittirish, gazeta va jurnallar) 
    o‘qituvchilarga metodik yordam sifatida keng yoritib borish; 
    o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish 
    maqsadida “onlayn metodik yordam” tashkil qilish; 
    variativ o‘quv rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etishga metodik yordam 
    ko‘rsatish; 
    o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va har xil seminarlarda fan 
    o‘qituvchilarining ommalashtirilgan ishlarini yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchilarga 
    yetkazib berish; 
    Milliy o‘quv dasturi, tayanch o‘quv reja, taqvim mavzu rejalar, dasturlar va 
    o‘quv-metodik materiallarni tizimli tahlil qilishi, Metodik xizmat bo‘limlari 
    huzurida O‘quv-metodik kengashlari faoliyatini olib borish; 
    umumta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini onlayn va offlayn kuzatib 
    borish hamda tahlil qilish orqali metodik yordam berish; 
    o‘quvchilarning bilimini baholashda xalqaro baholash dasturlarini amaliyotda 
    qo‘llashni o‘rgatish; 
    ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga borib 
    manzilli metodik yordam ko‘rsatish; 
    fanlarni integratsiya qilgan holda o‘qitish usullarini o‘rgatish; 
    har bir fan metodisti yo‘nalishi bo‘yicha fan o‘qituvchilarining xalqaro va 
    milliy sertifikat olishlari uchun tegishli metodik yordamlar ko‘rsatib borish;
    mediasavodxonlikka ega bo‘lishi va buni o‘qituvchilarga o‘rgata olishi, 
    AKTdan to‘g‘ri foydalana olishi;
    kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya gigiyena talablari, mehnatni muhofaza 
    qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qila olishi zarur. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish