Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana22.01.2024
Hajmi1,14 Mb.
#143322
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Metodik xizmat korsatish ishlarini yanada takomillashtirish togrisida

 
Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik 
xizmat bo‘limining O‘quv metodik kengashi to‘g‘risidagi
NIZOM 
 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur Nizom Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy 
markazlaridagi Metodik xizmat bo‘limining O‘quv metodik kengashi to‘g‘risidagi 
(keyingi o‘rinlarda O‘quv-metodika kengashi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish 
tartibini belgilaydi. 
2. Metodik kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi 
va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, 
Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Xalq ta’limi vazirining buyruqlari, boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar va ushbu Nizomga amal qiladi. 
3. Mazkur Nizom talablari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy 
markazlaridagi Metodik xizmat bo‘limiga nisbatan tatbiq etiladi. 
 
2-bob. O‘quv-metodika kengashining maqsadi va asosiy vazifalari 
 
4. O‘quv-metodik kengashining maqsadi fan o‘qituvchilarining kasbiy 
tayyorgarlik darajasini oshirishga ko‘maklashish, umumta’lim maktablarida ta’lim-
tarbiya samaradorligini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilg‘or ish 
tajribalar va metodik ishlarni ommalashtirish, ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy 
usullarini ta’lim muassasalarida amaliyotga tatbiq etishdan iborat. 
5. O‘quv-metodik kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
tuman (shahar)lar bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik xizmat ko‘rsatishni 
rivojlantirish va takomillashtirish, tashqi monitoring natijasida aniqlangan 
o‘quvchilardagi bo‘shliqlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish 
bo‘yicha tavsiyalar beradi; 
umumta’lim 
maktablariga 
o‘quv 
dasturlari, 
darsliklar, 
metodik 
qo‘llanmalarning o‘quv jarayoniga tatbiq etilishida amaliy yordam ko‘rsatadi; 
ilg‘or pedagogik tajribaga ega bo‘lgan ijodkor o‘qituvchilarni moddiy va 
ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiya etadi; 
fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratlarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar 
beradi; 


ta’lim muassasalari uchun yaratilgan metodik tavsiyalar va kichik hajmdagi 
uslubiy qo‘llanmalarni muhokama qiladi va ularni chop etishga tavsiya etish yoki 
qayta ishlash, takomillashtirish yuzasidan qarorlar qabul qiladi; 
umumta’lim fanlari o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni 
takomillashtirish bo‘yicha takliflar beradi; 
ommaviy axborot vositalari orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan 
maqolalar, ochiq dars ishlanmalari, o‘tkazilgan onlayn o‘quv-seminarlari bo‘yicha 
tayyorlangan tavsiyalar yoritib boriladi; 
ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligini oshirish hamda o‘qituvchilarning 
yaratayotgan yangiligi bo‘yicha tavsiyalar va amaliy yordamlar berib boradi. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik

Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish