• Open Source Software
  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning vositalari




    Download 274.71 Kb.
    bet7/7
    Sana23.08.2022
    Hajmi274.71 Kb.
    #25368
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    12-MAVZU
    15-MAVZU, Metrologiya Asosiy tamoyillar, Adolat apkani qizi, treatise97611 (1), Mavzu, Компьтер тармаклары латынdocx, Йўл ҳаракати буйруғи, JAHON SAVDOSIDA RAQOBATNING KUCHAYISHI, «huquqshunоslik» fаnidаn ма`ruzаlаr маtni buхоrо – 2007yil, Qo’shma gaplar, 6-Chiniqishni gigiyenik asoslari, Excel dasturida avto hisoblashlar, 1749241, 3.Узбекистан 1-4Q 2017
    uskunaviy dasturlar – kompyuter uchun yangi dasturlarni tayyorlash va tahrirlash uchun mo’ljallangan dasturlar. Masalan, Visual C++, C#, Visual Basic, Assembler, Microsoft SQL Server, MySQL va b.

    Bundan tashqari, DT tarqatilishi va targ’ib qilinishi bo’yicha ham bir necha turlarga ajratiladi:

    • tijorat DT – qiymati 100% to’langanidan keyingina o’rnatiladi va foydalaniladi. Masalan, Windows operatsion sistemalari, MS Office paketi, Adobe Photoshop, Macromedia Flash va boshqalar;

    • shareware (ing. share – birgalikda foydalanish) – shartli-bepul DT hisobalanadi, bunda DT ma’lum muddatgacha bepul foydalanish uchun taqdim etiladi, va bunda uning imkoniyatlari cheklangan bo’ladi. Ushbu muddat o’taganidan so’ng DTdan foydalanib bo’lmaydi (texnik nuqtai-nazardan dastur ishlamay qoladi yoki undan foydalanish uchun rasmiy ruxsat olinishi kerak).

    • freeware (ing. freeware – erkin, bepul tarqatiladigan mahsulot) – mutlaqo bepul dasturiy ta’minot. Bu dasturlardan tekin foydalanish mumkin, lekin dasturni o’zgartirib bo’lmaydi, chunki uning birlamchi kodlari ochiq holda berilmaydi.

    • Open Source Software (erkin, bepul tarqatiladigan mahsulot va birlamchi kodlari ochiq) – mutlaqo bepul dasturiy ta’minot. Foydalanuvchi bu kabi DTni tekin ishlatish bilan birga o’z imkoniyatlari va ehtiyojiga moslab o’zgartirishi mumkin.

    Operatsion sistema tushunchasi
    Operatsion sistema (qisq. OS) (ingl. operating system, OS) — boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar tizimi. Bunda, bir tomondan, OS kompyuter qurilmalari va amaliy dasturlar o’rtasida interfeys (o’zaro muloqot) vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan — qurilmalarni va hisoblash jarayonlarini boshqarish vazifalarini bajaradi.
    Operatsion sistemalarning rivojlanish tarixi 30 yildan oshib ketgan va bugungi kunga kelib ularning soni 100 dan oshiqni tashkil etadi. Ularga quyidagi eng keng tarqalgan OSlar misol bo’la oladi: MS DOS, PRO DOS, OS/2, FreeBSD, MICROSOFT WINDOWS, UNIX, LINUX, MAC OS.
    Microsoft Windows (ingl. windows — oynalar) — Microsoft korporatsiyasining grafik interfeysli OS hisoblanadi. Netmarketshare (Net Applications)ning ma’lumotlariga ko’ra 2011 yil dekabrь oyi holati bo’yicha dunyodagi 92% shaxsiy kompyuterlar Windows OSlari boshqaruvi asosida ishlaydi.
    O’zbekiston Respublikasi umumiy o’rta ta’lim maktablarida mavjud kompyuter sinflarining aksariyatida Microsoft Windows XP va Windows Vista OSlari o’rnatilgan. Lekin, bugungi kunga kelib aksariyat ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlarga Windows OSlar oilasiga mansub eng oxirgi versiyasi – Windows 7 o’rnatilmoqda.
    Download 274.71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 274.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning vositalari

    Download 274.71 Kb.