• 2. Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo’lish
  • 3. Didaktik materiallar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda matn muharrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar paketidan foydalana olish
  • 4. Internet tarmog’i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish
  • Kompyuter haqida tushunchaga ega bo’lish va uning ishlash printsiplarini bilish




    Download 274.71 Kb.
    bet2/7
    Sana23.08.2022
    Hajmi274.71 Kb.
    #25368
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    12-MAVZU
    15-MAVZU, Metrologiya Asosiy tamoyillar, Adolat apkani qizi, treatise97611 (1), Mavzu, Компьтер тармаклары латынdocx, Йўл ҳаракати буйруғи, JAHON SAVDOSIDA RAQOBATNING KUCHAYISHI, «huquqshunоslik» fаnidаn ма`ruzаlаr маtni buхоrо – 2007yil, Qo’shma gaplar, 6-Chiniqishni gigiyenik asoslari, Excel dasturida avto hisoblashlar, 1749241, 3.Узбекистан 1-4Q 2017
    1. Kompyuter haqida tushunchaga ega bo’lish va uning ishlash printsiplarini bilish:

    • Kompyuter nima?

    • Kompyuter nimalardan tashkil topadi (arxitekturasi qanday)?

    • Kompyuter qanday ishga tushiriladi va ishi to’xtatiladi.

    2. Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo’lish:

    • Windows operatsion sistemasida ishlash (fayl va kataloglarni tashkil etish, ular ustida turli amallarni bajarish);

    • Amaliy va o’rgatuvchi dasturlarni o’rnatish va kompyuter xotirasidan o’chirish;

    3. Didaktik materiallar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda matn muharrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar paketidan foydalana olish:

    • Matnli hujjatlarni yaratish, ularni formatlash, bosmaga chiqarish va ularni uzatish;

    • Matn muharrirlarida jadval, rasm va diagrammalar bilan ishlash;

    • Elektron jadval muxarrirlarida jadvallarni tashkil etish, formulalar bilan ishlash, grafika va diagrammalar yasash;

    • Mulьtimedia dasturlari yordamida pedagogik taqdimotlarni yaratish;

    • Grafik muharrirlar yordamida rasmlarni tahrirlash.

    4. Internet tarmog’i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish:

    • Internet tarmog’ida ta’lim jarayoniga oid materiallarni ma’lumotlarni izlash, ularni yuklab olish va kompyuterga saqlash;

    • Tarmoq orqali veb-forumlarda va vebinarlarda (Internet tarmog’i orqali o’tkaziladigan seminarlarda) ishtirok etish;

    • Elektron pochta xizmatidan foydalanish;

    • Internet tarmog’i orqali muloqotlarni amalga oshirish (Skype da audio va videokonferentsiyalar tashkil etish);

    • Ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish (Facebook, Twitter, Linkedin va b.).

    Yuqorida keltirilgan AKT savodxonligi elementlariga ega bo’lishlik – ta’lim jarayoniga AKTni samarali joriy etishning tashkiliy bir qismi hisoblanadi. Bugungi kunda o’qituvchilarning AKT sohasiga oid kasbiy mahoratini oshirish yo’nalishida asosiy e’tibor ularning kompyuterdan foydalanuvchi sifatida tayyorlashga qaratilgan.
    O’qituvchilar AKT savodxonligiga ega bo’lish bilan chegaralanib qolmasdan, AKT vositalaridan ta’lim samaradorligini oshirish yo’lida to’g’ri foydalanish metodikasiga ham ega bo’lishlari zarur. Ya’ni, har bir fan o’qituvchisi o’zining darsida AKT vositalaridan didaktik vosita sifatida foydalana olishlari zarur. SHu sababli, malaka oshirish kurslarida nafaqat kompyuter savodxoniligiga oid mashg’ulotlarni, balki AKTdan foydalanish metodikasiga oid mavzularni ham o’qitish maqsadga muvofiq bo’ladi.
    Taxlillar shuni ko’rsatadiki, kompyuter savodxonligiga ega bo’lgan o’qituvchilar ham dars jarayonida AKT vositalaridan samarali foydalana olmaydilar. Ushbu xolat ko’plab davlatlarning ta’lim tizimiga xos bo’lgan muammodir. Ko’rinib turibdiki, aktuallik jihatidan AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasi AKT savodxonligiga ega bo’lishlikdan ko’ra muhimroq xisoblanadi.
    AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasiga oid ko’nikmalarga matn va jadval muharrirlari yordamida pedagogik vositalar yaratishda ularning didaktik imkoniyatlaridan foydalanishni (matn muharririda formulalar kiritish, jadval muxarrirlarida funktsiyalarning grafiklarini yaratish va b.) ta’kidlab o’tish mumkin. Bundan tashqari, ushbu metodika AKT vositalaridan darsning qaysi qismida, qancha vaqt davomida foydalanishni nazarda tutadi.
    Ushbu fikrlarni tasdig’i sifatida YuNESKO tomonidan ishlab chiqilgan "O’qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo’lishlik bo’yicha tavsiyalari"ni keltirish mumkin. Mazkur tavsiyalarni quyidagi saytdan yuklab olish mumkin: www.iite.ru.
    Mazkur tavsiyalarda ham zamonaviy o’qituvchining texnologik jihatdan savodxon bo’lishligi va o’quvchilarda ushbu ko’nikmalarni shakllantirish yetarli emasligi alohida ta’kidlanadi.
    Hulosa qilib aytish kerakki, zamonaviy o’qituvchi o’quvchilarda AKTdan foydalanishda xamkorlik qilish, vujudga kelgan muammolarni xal etish, bilimlarni izlash, turli manbalardan olgan ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan taxlil qila olish va umumlashtirish kabi ko’nikmalarni hosil qilishga ko’mak berishga qodir bo’lishligi kerak bo’ladi.
    Har bir fan o’qituvchisi dars jarayoniga AKT vositalarini joriy etar ekan, ularning tuzilishi va ishlash printsiplaridan xabardor bo’lishlari kerak.
    Quyida AKT savodxonligining asosi bo’lgan kompyuter, uning qo’shimcha qurilmalarining tuzilishi va ishlash printsiplari haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan.
    Kompyuter nima va u qanday tuzilishga ega? Kompyuter qanday ishlaydi va uning imkoniyatlari qanday? Kompyuterning vazifalari nimalardan iborat?



    Download 274.71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 274.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter haqida tushunchaga ega bo’lish va uning ishlash printsiplarini bilish

    Download 274.71 Kb.