95
A1+
o‘zini nazorat qila bilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
davlat ramzlarini bilish;
o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilishi va unga rioya qilish;
o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish;
A1+
sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
A1
orasta kiyinish, yurish turishda kattalardan o‘rnak olish;
milliy bayramlarni bilish;
odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
A1+
o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompententsiyasi:
A1
maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish;
tejamkorlikka rioya qilish;
kundalik rejalarini tuza olish.
A1+
ehtiyoji uchun kerak bo‘ladigan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi
va h.k.) tejab foydalanish.
I bo‘lim. ONA YURTIM – OLTIN BESHIGIM
(21 soat, A1+: 10 soat)
1-mavzu. Vatanjonim – vatanim. Po‘lat Mo‘min (1 soat).
Ona yurtimiz O‘zbekiston ekanligi. Vatanning ona kabi ulug‘ligi. Shoirning
bu haqda yozgan she’rlari. She’rda Vatan tavsifi. Vatanni onaga o‘xshash jihatlari.
Vatan haqidagi maqollar. She’rni tushunilib, ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qish.