• Umumiy o‘rta ta’limning DAVLAT TA’LIM STANDARTI 1-bob. Asosiy qoidalar
  • O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
    Toshkent sh., 
    2017 yil 6 aprel, 
    187-son 


    4
    Vazirlar Mahkamasining 
    2017 yil 6-apreldagi
    187-son qaroriga
    1-ILOVA 
    Umumiy o‘rta ta’limning 
    DAVLAT TA’LIM STANDARTI 
    1-bob. Asosiy qoidalar 
    1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat 
    ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, 
    asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish 
    hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini 
    belgilaydi. 
    2. Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi: 
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 
    «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; 
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
    Qonuni; 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi 
    uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida» 
    1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori; 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim 
    tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida» 
    2013-yil 8-maydagi 124-son qarori; 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim 
    to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017-yil 15-martdagi 140-son 
    qarori; 
    O‘zDSt 1.0-98. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. 
    Asosiy qoidalar»; 
    O‘zDSt 1.1-92. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. 
    O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, 
    tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari»; 
    O‘z DSt 1.5-93. «Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, 
    tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi»; 
    O‘z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-
    farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar. 
    O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar. 
    3. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida 
    faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 
    majburiydir. 

    Download 1,31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish