• O‘quv-metodik majmua
  • Mashq daftari
  • Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

    Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun 
    umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab 
    chiqishga qo‘yiladigan 
    UMUMIY TALABLAR 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur Umumiy talablar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
    to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari, 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini 
    darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-
    tadbirlar to‘g‘risida» 2006-yil 31-maydagi 362-son, Vazirlar Mahkamasining 
    «2005-2009 yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik 
    qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida» 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son 
    hamda «2009-2013 yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun 
    o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish dasturi to‘g‘risida» 2009-yil 20-martdagi 80-son 
    qarorlariga muvofiq, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
    muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi. 
    2. Mazkur Umumiy talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
    O‘quv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun 
    metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. 
    Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida 
    didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob 
    beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal 
    o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan 
    holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan 
    holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov 
    mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. 
    Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim 
    standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni 
    mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, 
    mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, 
    mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat 
    bo‘lgan didaktik vosita. 

    Download 1,31 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish