• Husnixatga o‘rgatish .
  • Ona tili (1-4-sinf) mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

    Ona tili (1-4-sinf) mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
    Nutq va gap.
    Ona tilining fonetik tizimi:
    nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va 
    harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi 
    (fonetik tahlil); 
    bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z 
    ma’nolari (lug‘aviy tahlil: bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p 
    ma’noli so‘zlar); 
    So‘z tarkibi: asos va qo‘shimcha (turlovchi, tuslovchi va yasovchi), 
    asoslarda tovush o‘zgarishi, asos va qo‘shimchalar imlosi; 
    So‘z ma’nosi: so‘zlarning ma’nosiga ko‘ra guruhlash: shaxs-narsalar 
    nomini bildiruvchi so‘zlar, shaxs-narsalarning harakatini, belgisini, sanog‘ini va 
    tartibini bildiruvchi so‘zlar, shaxs-narsaga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga 
    nisbatan kishilik olmoshi). 
    Gap, gapning fikr bildirishi, gapning maqsadga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, 
    buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi 
    (nuqta, so‘roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) 
    belgilar: vergul, qavs, ikki nuqta, ko‘p nuqta; 
    gapning gap bo‘laklariga ko‘ra tuzilishi: gapning asosiy mazmunini 
    bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‘ldiruvchi 
    bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno); 
    gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning uyushiq 
    bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘zlar yordamida); 
    Undalma uning shaxsga qarab bilishi, undalmali gaplarda tinish belgisining 
    ifodalanishi. Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr 
    bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, 
    bayon, kichik hikoya; 
    Husnixatga o‘rgatish. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi harf, so‘z, gap va 
    matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o‘rganish 
    jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va 
    doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini 
    tekshira olish va yo‘l qo‘ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi 
    rahbarligida o‘zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish ko‘nikmalari ham 
    rivojlantirib boriladi. 1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat 
    malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir ona tili 
    darsining 5-8 daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi. 


    19
    1-4-sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” fanining sodda elementlari ona tili 
    fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida ham singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
    Shuningdek, 
    1-4-sinflarda 
    ona 
    tili 
    fani 
    chuqur 
    o‘rganiladigan 
    ixtisoslashtirilgan 
    davlat 
    umumta’lim 
    muassasalarida 
    ta’lim 
    jarayonini 
    takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi 
    qobiliyat va iste’dodni yanada kamol toptirish uchun ixtisoslikka yo‘naltirilgan 
    o‘quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturiga 
    moslashtirildi. Bunda yillik o‘quv soatlari A1 bosqichda 608 soat bo‘lsa, A1+ 
    bosqichida esa 680 soatni tashkil etadi. Jumladan, nutq o‘stirish va husnixat 
    darslari uchun har bir sinflar kesimida 68 soatdan ajratilgan.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid (nutqiy va lingvistik) 
    kompetensiyalarning shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, Ona tili 
    fanini o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida quyidagi tayanch 
    kompetensiya elementlari shakllantirilib boriladi.

    Download 1,31 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili (1-4-sinf) mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish