• Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi
  • Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari
  • Lingvistik kompetensiya
  • A1+  Ona tili fanini  o‘rganishning  kuchaytirilgan  boshlang‘ich darajasi




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

    A1+ 
    Ona tili fanini 
    o‘rganishning 
    kuchaytirilgan 
    boshlang‘ich darajasi 
     
    Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari 
    Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
    Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma 
    tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, 
    mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va 
    nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. 
    Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
    Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi
    o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki 
    hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani 
    rivojlantirish;
    o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, 
    leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va 
    imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; 
    ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va 
    ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni 
    shakllantirishdan iborat. 
    Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
    muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan 
    malaka talablari 
    1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): 
    A1 
    Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; 
    matnni tushunib o‘qiy oladi; 
    og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi;
    65 — 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;


    16
    xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va 
    husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila 
    oladi; 
    do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi.
    A1+ 
    sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi;
    matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi;
    70 — 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
    7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi. 
    1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, 
    leksika, grammatika va uslubiyatga oid): 
    A1  
    ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga 
    amal qila oladi; 
    mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; 
    yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. 
    A1+ 
    so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi; 
    gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda 
    o‘rinli qo‘llay oladi.

    Download 1,31 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A1+  Ona tili fanini  o‘rganishning  kuchaytirilgan  boshlang‘ich darajasi

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish