17
ONA TILI FANIDAN O‘QUV
DASTURI
(1-4-SINF)
UQTIRISH XATI
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o‘qitishning
asosiy maqsadi – o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon
qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan,
o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni
kamol toptirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy
vazifasi
: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini
og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy
kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni
(fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis,
yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish
va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan
holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirishga
yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti
talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida
tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini
shakllantirish ko‘zda tutilgan.