20
maktabda, oilada va turar joylarida bo‘layotgan jarayonlarda (turli
tadbirlar
va h. k.) ishtirok etish;
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya
qilish;
davlat ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata olish;
maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar va h. k.)
ishtirok etish hamda muomala madaniyatiga amal qilish;
sinfda va oilada o‘z o‘rnini bilish, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay
olish;
o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;
sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylash.