• DAVLAT TA’LIM STANDARTI VA O‘QUV DASTURI BOSHLANGICH TA`LIM ONA TILI O`QISH MATEMATIKA TABIYOT (1-4-SINF)
  • UMUMIY O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
  • Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS



    1
     
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
    RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
     
     
     
    UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING
    DAVLAT TA’LIM STANDARTI VA O‘QUV DASTURI
    BOSHLANGICH TA`LIM 
    ONA TILI 
    O`QISH 
    MATEMATIKA 
    TABIYOT 
    (1-4-SINF) 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Toshkent-2017 


    2
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
    QARORI 
    UMUMIY O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR 
    TA’LIMINING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH 
    TO‘G‘RISIDA 
     
    «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi 
    O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning 
    uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish
    umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini 
    kompetensiyaviy 
    yondashuv 
    asosida 
    takomillashtirish, 
    o‘quv-metodik 
    majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil 
    etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Quyidagilar: 
    Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti 1-ilovaga muvofiq; 
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti 2-ilovaga 
    muvofiq; 
    Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari 
    bo‘yicha malaka talablari 3-ilovaga muvofiq; 
    Akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlarining davlat namunalari
    4-ilovaga muvofiq; 
    Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun 
    umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab 
    chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. Belgilab qo‘yilsinki: 
    umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim 
    standartlari 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy 
    etiladi; 
    umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari uchun filologiya fanlari va 
    aniq fanlar bo‘yicha mashq daftarlarini nashr etish hamda yetkazib berish 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
    vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasini tashkil etish chora-
    tadbirlari to‘g‘risida» 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-son qarorida belgilangan 
    darsliklarni nashr etish hamda yetkazib berishni moliyalashtirish tartibiga asosan
    multimediali disk ilovasi bilan ta’minlash esa — o‘qituvchilarni o‘quv-metodik 
    qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi asosida amalga oshiriladi. 
    3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta 
    maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
    ikki oy muddatda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining 
    davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quv dasturlarini yangidan ishlab 
    chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, 
    kasb-hunar ta’limi muassasalariga yetkazsinlar; 
    O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda 
    yaratilayotgan o‘quv-metodik majmualarning o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga 


    3
    undaydigan, rasmlarga boy, zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan 
    shakllarda chop etilishini ta’minlasinlar; 
    umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim 
    standartlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan tegishli 
    mutaxassislar uchun 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab maqsadli o‘quvlar tashkil 
    etsinlar hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
    oshirish kurslari dasturlari va o‘quv modullarining qayta ko‘rib chiqilishini 
    ta’minlasinlar.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta 
    maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat 
    vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy 
    akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-2018 
    o‘quv yiliga qadar akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar 
    kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va 
    dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 
    5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va 
    o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi taqdim 
    etgan xarajatlar smetalari asosida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
    ta’limining davlat ta’lim standartlari, akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va 
    kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini, 
    o‘quv rejalari va dasturlarini, akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlari 
    blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda 
    ajratsin. 
    6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim 
    qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 
    7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 
    2020-yil 1-sentabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 
    8. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir 
    oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 
    9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining 
    Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 

    Download 1,31 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish