• Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  • Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

    Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda 
    birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala 
    madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada 
    samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur 
    ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan 
    samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga 
    ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini 
    jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, 
    hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy 
    tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil 
    baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda 
    tutadi. 
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, 
    hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining 
    fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik 
    munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini 
    shakllantirishni nazarda tutadi. 
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga 
    mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy 
    va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom 
    turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 
    hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda 
    shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli 
    diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, 
    mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va 
    texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda 
    tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda 
    shakllantiriladi. 
    Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda 
    o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. 


    11
    Vazirlar Mahkamasining 
    2017 yil 6-apreldagi
    187-son 
    qaroriga
    5-ILOVA 

    Download 1,31 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish