13
o‘quvchilarning aqliy
va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik
xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga
qaratilganligi;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
zarur hajmi
berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va
amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
4-bob. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan
talablar
8. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga
quyidagicha talablar
qo‘yiladi:
Didaktik talablar:
o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;
matnlar axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini
tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;
qiziqarli, lo‘nda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan bo‘lishi;
ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik
talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi;
ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga,
olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatlari shakllantirilishiga,
boshqa
o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
rasmlar ko‘rinishidagi illustrasiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar,
diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi;
yangi tushunchalar, atamalar,
qoidalar, formulalar, ta’riflar va shu kabilar
lug‘at ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim.