14
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar,
o‘quvchilarning
bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari,
tafakkuri hisobga
olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va
amaliy
qiziqishlarini
rivojlantirishga, bilim
olishga
va amaliy
faoliyat bilan
shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
o‘quv fani mavzularining o‘quvchi yoshi va psixofiziologik
xususiyatlariga
mos holda berilishi, ma’lum faktlar,
tushunchalar, qoidalar va fanlararo
bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini
o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim.