• Darsliklarning multimediali ilovalari
  • 2-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari
  • O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

    O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmadarslikdagi har bir mavzuni 
    samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining 
    darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir 
    darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish 
    usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va 
    boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv 
    nashri. 


    12
    Darsliklarning 
    multimediali 
    ilovalari 
    — 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va 
    o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali 
    o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda 
    video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni 
    nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy 
    mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi 
    manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim 
    resursi. 
    3. O‘quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va 
    dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va 
    gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun 
    metodik qo‘llanma va darslikning multimediali ilovalarini o‘z ichiga oladi. 
    4. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda ushbu 
    Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi. 
    2-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari 
    uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari 
    5. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va 
    o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika 
    rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv 
    materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or 
    xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat. 
    6. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari 
    quyidagilardan iborat: 
    o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda 
    ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
    o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli 
    munosabatni tarkib toptirish; 
    davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim
    ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish; 
    o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy 
    qobiliyatlarini rivojlantirish; 
    yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish; 
    o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini 
    shakllantirish; 
    umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida 
    ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish. 

    Download 1,31 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish