9
Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 6-apreldagi
187-son qaroriga
3-ILOVA
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim
fanlari bo‘yicha
MALAKA TALABLARI
I-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Qo‘llanish sohasi
1. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari
bo‘yicha malaka talablari (keyingi o‘rinlarda — Malaka talablari deb ataladi)
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarining
negizi hisoblanadi va standartlashtirishning umumta’lim fanlarini o‘rganishning
bosqichlarini, o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining
tuzilishini belgilaydi.
2. Malaka talablari ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari
hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.
3. Malaka talablari asosida ta’lim muassasasining turi va xususiyatlarini
inobatga olgan holda o‘quv dasturlari, davlat attestatsiyasi uchun umumta’lim
fanlari bo‘yicha nazorat-baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi va vakolatli
vazirliklar, idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.