• 5-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini joriy etish tartibi
  • 6-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga rioya etilishini nazorat qilish
  • bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;  ko‘nikma




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

    bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; 
    ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; 
    malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish 
    vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; 
    kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda 
    qo‘llay olish qobiliyati. 
    14. Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta 
    ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini 
    hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan 
    mezonlar majmuidan iborat. 
    5-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini joriy etish 
    tartibi 
    15. O‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim standartini joriy etish
    muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
    ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
    16. Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu jumladan, umumta’lim fanlari 
    bo‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan minimal talablarni, umumiy o‘rta 
    ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash 
    pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho 
    berilgach amalga oshiriladi. 
    17. Davlat ta’lim standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 
    belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
    amalga oshiriladi. 
    6-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga rioya 
    etilishini nazorat qilish 
    18. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga 
    oshirishning maqsadi — davlat ta’lim standarti talablarini bajarish darajasini 


    8
    aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta’lim sifatini 
    ta’minlashdan iborat. 
    19. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat O‘zbekiston 
    Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ko‘rinishlarda amalga 
    oshiriladi: 
    davlat ta’lim standarti talablari asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim 
    muassasalarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga baho berish; 
    tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlarining bajarilishini tahlil qilish; 
    umumiy o‘rta ta’lim muassasasida davlat ta’lim standartlari talablari 
    bajarilishi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, foydalanilgan pedagogik va 
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining natijaviyligini tahlil qilish. 
    20. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan 
    iborat: 
    ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 
    tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi 
    tomonidan amalga oshiriladi; 
    tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq 
    ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; 

    Download 1,31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;  ko‘nikma

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish