|
VII bo‘lim. MEHNATNING TAGI – ROHAT Pdf ko'rish
|
bet | 103/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS
VII bo‘lim. MEHNATNING TAGI – ROHAT
(9 soat)
54-mavzu. Aqlli bog‘bon. Ertak (1 soat).
Bog‘bonning o‘g‘illariga vasiyati. Mehnatdan keladigan boylikning
ahamiyati. Mehnatning inson hayotidagi o‘rni. Hikmatli gap, maqol, tez aytishlar.
Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
55-mavzu. Soqi bilan onasi. Abdulla Avloniy (1 soat).
Mehnat qilishning sog‘lik uchun ahamiyati. Maqol, topishmoqlar. Ongli,
ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat).
56-mavzu. Yer nima der. Po‘lat Mo‘min (1 soat).
Yerning inson hayoti uchun ahamiyati. Insonning yerga munosabati.
Hikmatli gap, maqol va tez aytishlar. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
57-mavzu. Tugma. Shuhrat (1 soat).
O‘z-o‘ziga xizmat qilishning ahamiyati. Ishni qunt bilan bajarishi va undan
rohatlanishi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish . Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
58-mavzu. Maqtanchoq g‘oz. Abdulla Avloniy (1 soat).
Maqtanchoqlikning yomon illat ekanligi. Hikoyada g‘oz obrazi orqali
insonlardagi maqtanchoqlikning salbiyligi ko‘rsatilishi.
59-mavzu. Ona yer. Ibrohim Rahim (1 soat).
Anvarjon va onasining suhbati. Ona yerning inson uchun ahamiyati. Ona yer
deyilishining sababi. Maqol va topishmoqlar bahsi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez
o‘qish.
60-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
Boshqotirma, rebus, savol va topshiriqlar asosida o‘quvchilarning bo‘limda
o‘rganganlarini tekshirish, umumlashtirish va mustahkamlash.
Nazorat ishi (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
ertak, rivoyat, hikoya, topishmoq, latifa va maqollar hamda she’riy matnlarni
tinglab tushuna oladi;
ularni ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez va o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna
oladi;
ularning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga
qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi;
bir daqiqada 20-25 ta so‘zni o‘qiy oladi;
o‘qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi;
kichik hajmdagi 4-5 ta she’rni yoddan aytib bera oladi;
ikki va uch bo‘g‘indan iborat sodda, kichik matnlarni yoza oladi.
|
| |