91
gap.
Bilim olishga doir maqol,
tez aytish, topishmoqlar bahsi. Ongli, ifodali,
to‘g‘ri, tez o‘qish.
34-mavzu. Kompyuter (1 soat).
Kompyuter insonning do‘sti. Kompyuter bilan bajarish mumkin bo‘lgan
ishlar. Maqol va hikmatli gaplar. Ongli, ifodali, t o‘g‘ri, tez o‘qish.
35-mavzu. Yaxshi niyat. Anvar Obidjon (1 soat).
She’rda yaxshi orzu va havas talqini. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish
mashqlari. Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
36-mavzu. Aqlli qarg‘a. Abdulla Avloniy (1 soat).
Hikoya qahramoni aqlli qarg‘a timsolida tadbirkorlik va aqllilik sifatlarining
talqini.
Hikmatli gap, topishmoq va tez aytishlar bahsi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez
o‘qish.
37-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
Boshqotirmalar, rebus, savol va topshiriqlar asosida o‘quvchilarning
bo‘limda o‘rganganlarini tekshirish, umumlashtirish va mustahkamlash.
V bo‘lim. XALQ O‘GITI – BAXT KALITI
(9 soat)
38-mavzu. Sher va sichqon. Ertak (1 soat).
Ertaklar va ulardagi qahramonlar. Yaxshilik qilishning ahamiyati. Yaxshilik
yerda qolmasligini ertakning mazmuni orqali talqin qilinishi.
Yaxshilik haqidagi
hikmatli gap, maqollar. Ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish.
39-mavzu. Maymun va duradgor. Ertak (1 soat).
O‘ziga aloqador bo‘lmagan ishga aralashishning yomon oqibati.
Aql bilan
ish qilish, zukkolik haqida. Maqol va topishmoqlar bahsi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez
o‘qish. Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).