89
Rivoyatlar haqida qisqacha ma’lumot. Alisher
Navoiyning topqirligi va
bilimdonligi. Do‘stlik, ilm o‘rganish va donishmandlikning ahamiyati. Non – eng
aziz ne’mat ekanligi. Ongli va ifodali o‘qish.
Donishmandlik va ilm haqida
maqollar.
16-mavzu. Abu Ali ibn Sino (1 soat).
Ajdodlarimizning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi. Ibn Sino tibbiyot
ilmining asoschisi sifatida tanilganligi va Abu Ali ibn Sino o‘gitlari. Ongli, ifodali,
to‘g‘ri, tez o‘qish . Mavzuga doir maqol va topishmoqlar.
17-mavzu. Kitobga mehr. Mirkarim Osim (1 soat).
Husaynning kitobga mehri. Insonning ilmga intilishi va kitobning ahamiyati.
Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Kitob haqidagi topishmoq va maqollar.