Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/274
Sana29.11.2023
Hajmi1,31 Mb.
#107506
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   274
Bog'liq
Boshlangich-sinf-DTS

Sinfdan tashqari o‘qish o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi.
Sinfdan 
tashqari o‘qish mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy 
bo‘limga ajratiladi:
Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi 
tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi.
Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nikma va 
malakalar shakllantiriladi. O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi 
bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jarayonida 
egallaydilar. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha 
kitob bilan tanishsa, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar
so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning 
bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar. 
O‘quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o‘qib, tahlil qilish asosida ezgulik 
va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil 
talqinlarga duch kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o‘zlaridagi 
axloqiy-ma’naviy fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. 
Mutolaa o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlari rivojlanadi. Bolaning 
matn mazmunini to‘liq uqib olishi qayta hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar nutqini 
eshitib, tushunib olishi malakalari hosil qilinadi. 
1-4-sinflarda 
“Konstitutsiya 
alifbosi”, 
“Dinlar 
tarixidan 
umumiy 
tushunchalar”, “Iqtisod va soliq alifbosi”, “Salomatlik darslari”, “Tejamkorlik 
saboqlari” kabi fanlarning sodda elementlari o‘qish fani mazmuniga, ya’ni 
mavzular kesimida singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun amaliy-
tajriba va sinov mashqlarida kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy 
vaziyatlarga, 
jumladan, 
tejamkorlikka, 
mehnatni 
yengillashtirish 
va 
samaradorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq hamda sodda algoritmlarni 
kundalik vaziyatlarda qo‘llay olishga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim. 
Dasturda fanni chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 2-3-4-sinflar (A1+) uchun 
mavzularga ajratilgan soatlar va kompetensiya elementlari alohida ko‘rsatilgan. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid adabiy-nutqiy va 
badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarning shakllantirilishi ham belgilab 
berilgan. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi 
shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga 
mos ravishda o‘qish fanidan quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. 

Download 1,31 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   274




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish