|
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tiliBog'liq Boshlangich-sinf-DTS2-§. O‘QISH FANI
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida (barcha
ta’lim olish tillari bo‘yicha) adabiyot fanini o‘rganish bosqichlari
Ta’lim
bosqichi
Bitiruvchilar
Standart
darajasi
Daraja nomlanishi
Umumiy
o‘rta ta’lim
Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining boshlang‘ich
4-sinf bitiruvchilari
A1
Adabiyot fanini
o‘rganishning
boshlang‘ich
darajasi
Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining Adabiyot fani
chuqur o‘rganiladigan sinflar va
ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-
sinf bitiruvchilari
A1+
Adabiyot fanini
o‘rganishning
kuchaytirilgan
boshlang‘ich
darajasi
O`qish fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
adabiyot fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali
o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish
hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma,
malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida
olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek,
kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini,
dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat.
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
adabiyot fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va
rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish;
yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish,
uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish
hamda adabiyot fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch
kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
|
| |