O`qish fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
1. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki
bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish).
A1
ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna
oladi;
83
ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, xalq
qo‘shiqlari, hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini qayta so‘zlab bera
oladi;
yozma va bosma harflarni, ular ifodalaydigan tovushlarni to‘g‘ri talaffuz
eta oladi;
matnni gap ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o‘qiy oladi;
bir daqiqada 50 — 55 so‘zni o‘qiy oladi;
monologik va dialogik nutqda o‘z fikrini aniq ifodalay oladi;
o‘rganilgan mavzular doirasida 5-6 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza
oladi;
maktab kutubxonasidan foydalana oladi;
kichik hajmdagi 8 — 10 ta she’rni yoddan aytib bera oladi.
A1+
bir daqiqada 55 — 60 so‘zni o‘qiy oladi;
asar qahramonlari, tabiat tasviri haqida 7-8 gapdan iborat kichik ijodiy
matn yoza oladi;
kichik hajmdagi 10 — 12 ta she’rni yoddan aytib bera oladi.
2. Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
A1
matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna oladi;
asar mazmunidan ta’sirlana oladi;
xalq og‘zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez
aytishni) farqlay oladi;
o‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata
oladi;
asar qahramonlariga munosabat bildira oladi;
o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
A1+
mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea-
hodisalar mazmunini tushunib, qayta hikoya qila oladi, asar qahramonlariga
munosabat bildira oladi.
|