Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/274
Sana29.11.2023
Hajmi1,31 Mb.
#107506
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   274
Bog'liq
Boshlangich-sinf-DTS

O‘QISH FANIDAN O‘QUV 
DASTURI 
(1-4-sinf) 
 
UQTIRISH XATI 
 
 Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarda o‘qish fani o‘quvchilarni 
ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq 
madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. O‘quvchilarni har 
tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Boshlang‘ich sinflarida o‘qish fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: 
milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish orqali 
o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish 
hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, 
malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida 
olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek
kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini, 
dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat. 
O‘qish (1-4-sinf) fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: 
o‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va 
rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani o‘stirish; 
yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish
uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish 
hamda dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi 
ko‘nikma, malaka aniqlanadi. Shuningdek, miqdoriy ko‘rsatkich – o‘qish tezligi, 
ongli va ravon o‘qish, bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishi ham belgilanadi. 
Bolaning matn mazmunini to‘liq o‘qib olishi, qayta hikoyalashi, shuningdek, 
o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi. 
Mazkur dasturdan o‘rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o‘quvchilarni 
mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayoti va xalqimizning 
bunyodkorlik yo‘lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi. 
1-sinfning o‘quv yili oxirida bolalar Vatan va uning tabiati, insoniy 
qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni o‘qiydilar.
2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo‘lmagan Vatan, ona 
tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, axloqiy munosabatlar haqidagi 
asarlar bilan tanishadilar. 
3- va 4-sinflar o‘qish dasturida mavzular ko‘lami ancha kengayadi. 
Bu sinflarda o‘qish darslarining kattagina qismi asarni o‘qish va matn ustida 
ishlashga qaratiladi.
Darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan 
usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib 
o‘qish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi 


85
hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy 
topshiriqlardan foydalanish kabi ishlar amalga oshiriladi. 

Download 1,31 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   274




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish