195
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli,
chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga
o‘tkaza olish;
uchta sonning o‘rta arifmetigini topish.
A1+
mustaqil ravishda turli media manbalardan axborotni izlab topa olish,
dastlabki tahlil qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini)
topa olish va
ifodalay olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay
olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay qila olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish,
ularni tuzata olish;
xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar
umumiy hossalarini
aniqlay olish;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni kundalik vaziyatga qo‘llay olish;
ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional
munosabatini shakllantira olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtira olish.
A1+
o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy, intellektual
va kreativ rivojlantira olish,
kamolotga intila olish, matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana olish, o‘z
xatti-
harakatini baholay olish.