194
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik
vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi,
tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.
A1+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va
algoritmlarni murakkabroq
vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Takrorlash. Materialni tizimga solish va umumlashtirish
(9 soat, A1+: 14 soat)
Nazorat ishi (1 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun - 148 soat (A1+: 216 soat)
Nazorat ishlari uchun - 8 soat (A1+:8 soat)
Xatolar ustida ishlash uchun - 5 soat (A1+: 5 soat)
Takrorlash uchun - 9 soat (A1+: 9 soat)
Jami - 170 soat (A1+: 238 soat)
4-SINF
(170 soat, A1+: 238 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ
kompetensiya:
A1
o‘rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematikaga oid audio matnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib
tushunish,
tegishli munosabat bildira olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish,
matematik qoidalarni
yoddan ifodali ayta olish.
A1+
Mavzuga oid ma’lumotlarni muhokama qilishda o‘zaro muloqotga kirisha
olish, muloqotda muomala
madaniyatiga amal qila olish, matematik masalani
hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay olish.