|
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tiliBog'liq Boshlangich-sinf-DTSA1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
19-mavzu. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning harf bilan
ifodalanishi (1 soat).
Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz undosh tovushlarga ajratilishi; b,
d, g, v, z, g‘, j, j, l, m, n, r, y, ng – jarangli; p, t, k, f, s, x, ch, sh, q, h – jarangsiz
undosh tovushlar ekanligi; jarangli undosh tovushlarning shovqin va ovozdan
tarkib topishi, jarangsiz undosh tovushlarda faqat shovqin eshitilishi.
20-mavzu. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlar (1 soat).
Ayrim jarangli undoshlarning jarangsiz jufti borligi: b-p, d-t, g-k, v-f, z-s,
g‘-x, j-ch, j-sh.
Nazorat va tahlil (2 soat).
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
21-22-mavzular. Jarangli jufti bor jarangli undoshlar (2 soat).
So‘z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning yozilishini
tekshirish (umidi-umid, sababi-sabab kabi).
23-24-mavzular. Aytilishida tushib qoladigan undoshlar (2 soat).
Samarqand, farzand, do‘st, daraxt kabi so‘zlar oxirida kelgan d, t
tovushlarining talaffuzda tushib qolishi va imlosi.
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
25-26-mavzular. J harfining ikki tovushni ifodalanishi (2 soat).
Ajdar, gijda, bolajon, jaket, jiyda, jirafa so‘zlarida ishlatiladigan j
tovushlarining talaffuzdagi farqi.
Nazorat va tahlil (2 soat).
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
27-28-mavzular. X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi (2 soat).
Yozma nutqda x va h harfli so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va yozish.
|
| |