• 235-modda. Yuqori turuvchi organ tomonidan shikoyatni ko‘rib chiqish
  • -modda. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qabul qilingan soliq organlarining qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari




    Download 40.8 Kb.
    bet5/8
    Sana15.05.2022
    Hajmi40.8 Kb.
    #21125
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    soliq kodeksi
    Янги буклет хотирани кучайтириш, 1000 Eng ko p ishlatiladigan so zlar
    232-modda. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qabul qilingan soliq organlarining qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari
    Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi.
    Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga yuborishi shart.
    Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
    Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha yuqori turuvchi soliq organi tomonidan tiklanishi mumkin.
    235-modda. Yuqori turuvchi organ tomonidan shikoyatni ko‘rib chiqish
    Shikoyatni ko‘rib chiqish davomida uni bergan shaxs o‘z dalillarini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli.
    Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni, uni bergan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlarni, shikoyat ko‘rib chiqilishi davomida taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlarni, shuningdek quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi.
    Shikoyatni ko‘rib chiquvchi soliq organi o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin.
    Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
    shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldiradi;
    soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatini bekor qiladi;
    soliq organining qarorini to‘liq yoki qisman bekor qiladi;
    soliq organining qarorini to‘liq bekor qiladi va ish yuzasidan yangi qaror qabul qiladi;
    soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) noqonuniy deb e’tirof etadi va ishning mohiyati bo‘yicha qaror chiqaradi.
    Agar shikoyat bergan shaxs shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinishiga qadar ushbu shikoyatni ko‘rib chiqish davomida taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlarni qarori ustidan shikoyat berilgan soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etish mumkin bo‘lmagan sabablar bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etgan bo‘lsa, bu qo‘shimcha hujjatlar yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur qoida ushbu Kodeksning 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat berilganda qo‘llaniladi.
    Yuqori turuvchi soliq organi, agar shikoyatni ko‘rib chiqish natijasida soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish tartib-taomilining muhim shartlari buzilganligi aniqlangan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorni bekor qilishga haqlidir.
    Yuqori turuvchi soliq organi qarorni bekor qilib, ko‘rsatilgan materiallarni, shikoyat bergan shaxsning vajlarini tasdiqlovchi hujjatlarni, shikoyatni ko‘rib chiqish davomida taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlarni va ushbu Kodeksning tegishincha 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi hamda ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan qarorni qabul qiladi.
    Ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror ustidan berilgan shikoyat bo‘yicha qaror, soliq auditi natijalari bo‘yicha soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) qo‘shimcha hisoblangan soliqlarni to‘lash to‘g‘risidagi qaror shikoyat olingan sanadan e’tiboran bir oy ichida yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etganda uzaytirilishi, biroq o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
    Ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilmagan shikoyat bo‘yicha qaror soliq organi tomonidan shikoyat olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kun ichida qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qo‘shimcha hujjatlar taqdim etganda uzaytirilishi, biroq o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
    Soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) shikoyatni ko‘rib chiqish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi.
    Soliq organining shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarori shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi.

    Download 40.8 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 40.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qabul qilingan soliq organlarining qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari

    Download 40.8 Kb.