|
Geografik qobiqda odam. Irqlar
|
bet | 47/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaGeografik qobiqda odam. Irqlar.
Geografik qobiqda odamni vujudga kelishi yoki paydo bo’lishi ham tabiatshunoslik, ham falsafashunoslikning eng murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Agar evolyusion nazariyaga mos holda fikr yuritilsa antropoidlarning taraqqiyoti jarayonida to’rtlamchi davrning dastlabki bosqichida, bundan millioncha yil ilgari protantroplar, ya’ni dastlabki odamlar paydo bo’lgan. Ulardan eng qadimgisi pitekantroplar – Pithecan tropus erecthus – qaddini ko’tarib yuruvchi maymunsimon odam bo’lib uning qoldiqlari 1891 – 1893 yillari Yava orolida topilgan. Bu qoldiqlardan ma’lum bo’lishicha, ular kalla suyagining hajmi 900 sm3ga yaqin, peshonasiga juda yaqin va kalla suyagi bosiq ekan.
Xitoyda sinantrop qoldiqlari topilgan. Uning kalla suyagi pitekantropnikiga o’xshasada kalla suyagining hajmi 1050 sm3, peshona suyagi balandroq va uncha qiya bo’lmagan. Sinantroplar eng oddiy tosh qurollari va olovdan foydalangan.
Sinantroplar paydo bo’lishi bilan qadimgi protantroplar bosqichi tugaydi. Bu bosqich qurollar taraqqiyotida ilk paleolit bo’lib 400 ming yil ilgari tugagan.
Inson evolyusiyasining kelgusi bosqichi paleontroplar yoki neandertal tipidagi odamlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq (nomi bunday odamlar qoldigi topilgan Dyusseldorf yaqinidagi Neandertal vodiysi nomidan olingan). Neandertallar bundan 40-50 ming yildan to 200-300 ming yil ilgariga bo’lgan davrda yashagan bo’lib ularning kalla suyagining hajmi 1400 sm3ga yetgan. SHunday bo’lsada, ulardan qadimgi sodda tuzilganlik belgilari saqlanib qolgan. Unga kalla suyagining qiyaligi, ko’z usti suyagining qalinligi, yanoq, jag’, tish tuzilishining oddiyligini ko’rsatish mumkin.
Neandertallar tosh qurollardan tashqari suyak qurollaridan ham foydalanganlar, g’orlarda yashab, sun’iy ravishda olov yoqishni bilganlar, ovchilik va meva yig’ish hisobiga oziqlanganlar. Bu davrda iqlim ancha sovuq, materik muzliklari katta maydolarni egallagan bo’lib, hayvonot dunyosida odamga katta xavf soluvchi mamont, junli karkidon, g’orda yashovchi ayiq va boshqa bir qator yirik hayvonlar yashagan. Odamzot tabiiy turining evolyusiyasi mehnat qurollarining taraqqiyoti bosqichi bilan yonma-yon borgan ikki mustaqil jarayon bo’lmay, bir hodisa, ya’ni kishilik jamiyati va ishlab chiqarish kuchlarining tarkib topishining ikki tomonidir.
Homo sapiehs, ya’ni ongli odamning paydo bo’lishi bilan odam zotining shakllanish jarayoni oxiriga yetdi, biologik evolyusiya tugadi va odamzot guruhlarining ikkinchi darajali ahamiyatiga ega bo’lgan hududiy ko’rinishda ifodalanuvchi biologik o’zgaruvchanligi qoldi. Bunday guruhlarga irqlar deyiladi. Irqlar o’zaro yaqinligi va fizik (shaklidagi) o’xshashligiga qarab ajratilgan kishilar guruhidir. Hozirgi odamlar uchta katta irqqa – ekvatorial, yevropoid va mongoloid irqlarga bo’linadi. Bular oralig’ida ko’plab aralash va oraliq shakllar (guruhlar) bor.
Ekvatorial yoki «qora» irqqa mansub kishilarning terisi qoramtir, sochi jingalak, burni yapaloq, yonog’i o’rta darajada turtib chiqqan bo’ladi.
Evropoid, ya’ni «oq» irq vakillari uchun oqish rangi, to’lqinsimon sochi, yonog’ini salgina turtib turishi, burun kansharining cho’ziq va bo’rtganligi, labining yupqaligi, erkaklarning sersoqol va sermuylov bo’lishi xosdir.
Mongoloid irqqa kiruvchilar sarg’ish, sochi to’g’ri va qattiq, yonog’i juda bo’rtib chiqqan, yuqorigi qovogi o’ziga xos tuzilganligidan ko’zi qisiq bo’ladi, erkaklarning mo’ylov va soqoli siyrak bo’ladi.
Odam zoti asosiy irqlarning shakllanishi geografik muhitning turli sharoitlariga moslashish bilan bog’liq bo’lgan va kishilar taraqqiyotining ijtimoiy munosabatlar yaxshi rivojlanmaganligi natijasida biologik qonunlar anchagina kuchli rol o’ynagan bosqichda ro’y bergan. Jumladan ekvatorial irqdagi kishilar terisining rangi issiq mintaqada Quyosh radiatsiyasi kuchli bo’lgan sharoitda vujudga keladi va organizmlarni ulьtrabinafsha nurlarning zararli ta’siridan himoya qiladi. Quyosh radiatsiyasi ancha kuchsiz bo’lgan mo’’tadil mintaqada organizm uchun zarur bo’lgan oq rangli teri eng yaxshi moslashishdir. Ko’zning mongol irqiga xos qisiqligi, aftidan, dashtlarda changdan va Quyosh yorug’idan himoyalanishga moslashuvi bo’lsa kerak.
|
| |