Geoximik to’siqlar turlari (Glazovskiy, 1981; Gerenchuk




Download 1,98 Mb.
bet86/86
Sana18.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#241761
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
Umumiy tabiiy geografiya

Geoximik to’siqlar turlari (Glazovskiy, 1981; Gerenchuk, 1984)

Oksidlanish-
tiklanish sharoiti

Elementlarning harakatchanligi va to’planishi

kuchsiz, faol to’planish

mo’’tadil, to’planadi va qisman olib ketiladi

Yuqori, olib ketiladi

Kislotali – ishqoriy sharoit: nordon

Oksidlanish

-g’Mn, Mo

Pb,As, Seg’Ni, Cr, V

Cd, Hgg’Cu,Zn

Gleyli tiklanish

As, Seg’Mo, V

Pb, Cd, Hgg’Ni, Cr, Cu, Zn,Co

-g’-

Kislotali – ishqoriy sharoit: neytral va ishqoriy.

Oksidlanish

Pbg’-

Cd,Hgg’Zn,Mo, Cu, Co, Ni, Cr

As, Seg’-

Gleyli tiklanish

Pb, Cdg’Cu, Zn, Co

As, Seg’Mo, V, U, Ag

Hgg’Ni

Vodorod sulьfatli tiklanish

Pb, Cd, Hg, As, Seg’ Cu,Zn,Co, Ni,Cr,Ag

g’V, U, Mo

-g’-

* kasrning suratida o’ta zaharli, maxrajida uncha zaharli bo’lmagan elementlar keltirilgan.
Agar o’ta nam tuproqlar neytral sharoitda (masalan, o’rmon-dasht zonasidagi daryo qayiridagi tuproqlar) bo’lsa, uning yuqori qatlamida oksidlanish muhitida qo’rg’oshin to’planadi, quyi qatlamida esa gleyli tiklanish muhitida qo’rg’oshin, kadmiy, mis, rux kobalьt to’planadi. Tuproqqa tushgan ximik birikmalar ma’lum bir o’zgarishga uchraydi, masalan, atmosferada suvli oltingugurt dioksidi, uglerod dioksidi, va boshqa gazlar bilan bog’lanishi natijasida hosil bo’ladigan kislotalar tuproqqa tushganda chala cho’llarning janubida ishqoriy muhitda neytrallashadi, shamolda esa tuproq nordon reaksiyaga ega bo’lganligi uchun saqlanib qoladi. Geografik qobiqni ishqoriy ifloslanishi testkari yo’nalishda ta’sir etadi. Tuproqlarda boshqa ifloslovchi moddalar turlicha neytrallashadi va harakatlanadi (pestisidlar, og’ir uglevodorodlar va x.k.). Demak, tuproq juda ko’p mineral va organik moddalar uchun filqtr vazifasini o’tar ekan. SHuning uchun tuproqning bu xossasi sanoat suyuq chiqindilarini neytrallashtirish va filьtrlash uchun foydalaniladi.
M. G. Glazovskaya tuproqqa tushadigan moddalarni ikki katta guruhga bo’ladi:
1. pedoximik faol;
2. bioximik faol.
Pedoximik faol moddalar tuproqning kislotali-ishqorli va oksidlanish-tiklanish xossalarini o’zgartirib yuboradi va oqibatta tuproqda moddalarning harakatchanganligini o’zgartiradi. Pedoximik faol moddalarga kislotalar, ishqorlar (kislota-ishqoriy xossalarga ta’sir qiladi), organik moddalar tiklanish imkoniyatini oshiradi, ayrim gazlar (serovodorod, metan va bosh.) kiradi.
Bioximik faol moddalarga pestisidlar, gerbisidlar, ayrim uglevodorodlar va barcha zaharli mikro elementlar kiradi. Bioximik faol texnogen moddalar avvalo tirik organizmlarga ta’sir qiladi. Mazkur moddalarni tuproqda me’yordan ortiq to’planishi, natijada ularning o’simlik va hayvonlar organizmiga o’tishi odamlarda turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tuproqlar zararli texnogen moddalarni biologik aylanma harakatdan chiqarib yuboradi. Mazkur jarayonga quyidagilar kiradi:

  • Zararli moddalarni yuvilish jarayoni va ularni tuproq qatlamidan chiqarib tashlanishi.

  • Tirik organizmlar o’zlashtira olmaydigan shakllarda geoximik to’siqlarda zararli moddalarning to’planishi.

  • Zararli moddalarni tirik organizmlar uchun xavfli bo’lmagan darajagacha parchalanishi.

Tuproqlardagi suv harakatining shakli ham zararli texnogen moddalarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Suv yuvib turadigan tuproqlarda harakatdagi birikmalar va elementlar yuvilib ketadi, shuning uchun ular xavfli emas. Agar tuproqda suv to’planib qoladigan sharoit bo’lsa, unda zararli moddalarning ozgina qismi ham xavfli hisoblanadi, chunki ular tuproqning suvli qatlamida to’plana boradi.
Texnogen moddalar oqimini boshqarishda o’simliklar ham katta rolь o’ynaydi. Ular texnogen moddalarni o’zlashtirish darajasiga qarab to’siqsiz, kuchsiz to’siqli, o’rta va yuqori to’siqli o’simliklarga bo’linadi. To’siqsiz o’simliklar texnogen moddalar oqimini boshqarishda qatnashmaydi, ularning tanasida tuproqda texnogen moddalar miqdori qancha bo’lsa shuncha bo’ladi. Agar tuproqda zararli moddalar miqdori me’yordan ortib ketsa, ular ќalok bo’ladi. Ba’zida ularni ayrim moddalarni indikatori sifatida ishlatiladi. Ularni ko’pini tekshirib, qaerda qanday modda miqdori me’yordan ortib ketganligi aniqlanadi. Masalan, neftь, gaz, rudali foydali qazilma konlari shunday yo’l bilan qidiriladi.
To’siqli o’simliklar o’z tanasidan bioximik faol elementlarni o’tkazmaydi va tuproqlarda texnogen va biogeximik anomaliyalarni shakllanishga olib keladi.
Elementlarni o’simliklar tanasida to’planishi tuproqning yuza qismida ikkilamchi anomaliyani keltirib chiqarishi mumkin (to’kilgan barglar, dashtda o’simliklar va x.k.). Bundan tashqari o’simliklar namni bug’latish jarayonida ayrim og’ir metallarni xavoga chiqarib yuboradi.
Demak, o’simliklar bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki vazifani amalga oshirar ekan: Bir tomondan ular elementlarni to’playdi, boshqa tomondan ularni xavoga tarqatib yuboradi.
O’simliklarni mazkur xususiyatidan tabiatni muhofaza qilishda foydalanish mumkin.



1 Ёруғлик йили-нурнинг (ёруғликнинг) бир йилда босиб ўтган йўли р=9,96x10¹²км.

2 Парсек (П)=3,26 ёруғлик йиллига тенг; килопарсек (КП)=1000П; мегопарсек (МП)=1000000П.

3 Ер Куёшдан энг узоққа кетганда улар орасидаги масофа 152 млн.км, улар энг якинлашганда 147 млн.км. Ер орбитасининг эксцентриситети


Download 1,98 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geoximik to’siqlar turlari (Glazovskiy, 1981; Gerenchuk

Download 1,98 Mb.