|
Fanerozoyda geografik qobiqning rivojlanishi
|
bet | 78/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaFanerozoyda geografik qobiqning rivojlanishi
Fanerozoy eoniga pаleozoy, mezozoy va kaynazoy eralari kiradi. Mazkur bosqichda geografik qobiqni rivojlanishida juda muhim, hamda inqilobiy ahamiyatga ega bo’lgan hodisa va jarayonlar ro’y bergan. Kaledon, gersin, kimmeriy, laramiy va Alp burmalanish jarayonlari tufayli yer yuzasida ulkan tog’ tizimlari vujudga keldi, atmosferada kislorod miqdorini ko’payishi va ozon qatlamininng qalinlashishi tufayli organizmlar suvdan quruqlikka chiqib keng tarqaldi va turli xil tabiat komplekslarini hosil qildi. Fanerozoyda geografik qobiqni rivojlanishi yaxshi o’rganilgan. Ammo shunga qaramasdan fanerozoyda geografik qobiqni rivojlanishini ayrim muammolari haligacha batamom yechilmagan. Ayniqsa materiklarni qadimda joylanishi muammosi. Mazkur muammoni yechimi bo’yicha qator gipotezalar (taxminlar) mavjud. Ulardan keng tarqalgani quyidagicha. Bundan 200 mln. yil avval Yer yuzasida Pangeya nomli yagona materik bo’lgan, uni Pantallas okeani o’rab turgan. Tetis dengizi o’sha okeanning bir qismi bo’lgan.
Mezozoyda boshlangan litosfera plitalarini harakati va Pangeya quruqligining parchalanishi natijasida triasning oxirida Lavraziya va Gondvana quruqliklari vujudga keldi. So’ngra Gondvana quruqligi ikkita palaxsaga bo’linib ketdi: Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliya – Antarktida. Yura davrida rift (yoriq) vujudga kelishi munosabati bilan Lavraziya materigi SHimoliy Amerika va Yevrosiyo quruqliklariga bo’linib ketdi, ularning o’rtasida SHimoliy Atlantika hosil bo’ldi. Yura davrining oxirida Janubiy Amerika va Afrika materiklari bir-biridan ajraldi, natijada, Atlantika okeaninig janubiy qismi vujudga keldi. Mezozoyning oxiri va kaynazoyning boshida (60 – 70 mln. yil avval) Atlantika okeaninig hozirgi qiyofasi shakllandi, kaynazoyda Avstraliya Antarktidadan ajraldi, SHimoliy Amerika Janubiy Amerika bilan tutashdi. Grenlandiya Yevropadan ajraldi, Atlantika okeani qutbiy havza bilan tutashdi.
Paleozoy va mezozoy eralarida geografik qobiqning rivojlanishi
Paleozoy va mezozoy eralarida geografik qobiqni tuzilishi va tarkibi murakkablasha boshladi.
Paleozoy erasi. Geografik qobiqning paleozoy erasida rivojlanishining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- paleozoy erasida geografik qobiqning organik dunyosi kriptozoy eoniga nisbatan tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Kembriy davrining boshlarida karbonatli tanaga ega bo’lgan organizmlar keng tarqala boshladi. Ularning faoliyati natijasida okeandan juda katta miqdorda uglerod ikki oksidini ajralib chiqishiga olib keldi. Okeanlarda hayvonot dunyosi tez sur’atlarda ko’paya boshladi. Ordovik davrida dastlabki umurtqali hayvonlar paydo bo’ldi;
- silur davrida organizmlarni suvdan quruqlikka chiqishi munosabati bilan organik dunyoni rivojlanishida inqilob ro’y berdi;
- paleozoy erasining birinchi yarmida kaledon burmalanish bosqichi sodir bo’ldi. Natijada Kanada Arktika to’plam orollari, Sayan, Oltoy, Markaziy Qozog’iston, SHimoliy va Markaziy Tyanьshan, Buyuk Britaniya orolining shimoliy qismi, Appalachi tog’larining shimoliy qismi ko’tarildi. Paleozoy erasining ikkinchi yarmida gersin burmalanish bosqichi sodir bo’ldi. Mazkur bosqichda Ural, G’arbiy va Janubiy Tyanьshan, O’rta Yevropa yassi tog’lari, Janubiy Appalachi, SHarqiy Avstraliya, Atlas, Kap va boshqa tog’lar ko’tarildi. Kaledon va Gersin burmalanish jarayonlari oqibatida platformalar maydoni kengaydi;
- devon davrida paporotniklar, plaunlar keng tarqaldi va mazkur davr oxirida haqiqiy o’rmonlarni hosil qildi. Ushbu davrda tabiiy geografik sharoitni tabaqalanishi ro’y berdi. O’rmon botqoqlari va arid hududlar paydo bo’la boshladi, ulardagi suv havzalarida esa tuz to’plana boshladi. Botqoqlarda chirigan organik moddalaning to’planishi qaytarish muhitini vujudga keltirdi. SHunday qilib devon darvrida geografik qobiqning oksidlanish-qaytarilish sharoitining xilma-xilligi vujudga keldi. Yer yuzasining rivojlanishini ilk bosqichlarida qaytarilish muhiti mavjud edi. Proterozoy erasining o’rtalarida u oksidlanish sharoiti bilan almashdi;
- SHimoliy yarim sharda toshko’mir davrida o’simliklarni barq o’rib rivojlanishi natijasida juda katta miqdorda organik moddalarning qoldiqlari cho’kindi va yirik ko’mir konlarini hosil bo’lishiga olib keldi: Donbass, Rur, Yuqori Sileziya, Qarag’anda, Katun, Kuzbass va boshqa toshko’mir konlari. Atmosferada kislorod miqdori keskin oshdi, oqibatda kimyoviy nurash tez sur’atlari sodir bo’ldi va qalin nurash qobig’i hosil bo’ldi. Janubiy yarim sharda esa ushbu davrda janubiy materiklar muz ostida bo’lgan. Muz bosish Permь davrida ham davom etgan. Janubiy materiklarni muz bosishi ularni qutb atrofida joylashganligi tufaylidir. Toshko’mir va Permь davrlarida tabiiy geografik sharoit juda xilma-xil bo’lgan va geografik zonallik yaqqol ifodalana boshlagan.
Mezozoy erasida geografik qobiqning rivojlanishi. Mezozoy erasida tibiiy geogrfik sharoitning tabaqalanishi va murakkablashuvi davom etdi. Paleozoyni oxiri va mezozoy erasinining boshlarida Yer yuzining hayvonot dunyosida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Juda ko’p amfibiyalar kirilib ketdi. Sudralib yuruvchilar tezlik bilan rivojlana boshladi. Igna bargli o’simliklar juda katta maydonni egallagan.
Mezozoy erasida organizmlarning qirilib, yangilarini paydo bo’lishi quyidagi omillar ta’sirida sodir bo’ldi: litosfera plitalarining siljishi; kimmeriy va laramiy burmalanish bosqichini ro’y berishi; vulkanlarning otilishi; yirik relyef shakllarining keskin o’zgarishi; atmosfera harakatlarini va geografik qutblarining o’rnini o’zgarishi va h.k.
Tiras davrida paleozoy davrining oxiridagi sodir bo’lgan voqealar davom etgan. Yer yuzasining katta qismida tektonik harakatlar kuchsiz bo’lganligi munosabati bilan tekisliklar ko’proq bo’lgan. Mazkur davrda quyidagi tabiat zonalari shakllangan: cho’l; savanna; mavsumiy nam va doimiy nam. O’simlik va hayvonot dunyosini yangi turlari paydo bo’lgan, sudralib yuruvchilarning turli xillari paydo bo’lgan: dinazavrlar, ixtiozavrlar, terozavrlar (uchuvchi kaltakesaklar). Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, trias davri oxirida sut emizuvchi hayvonlarning dastlabki namunalari kelib chiqqan.
Umuman trias davrida iqlim boshqa davrlarga nisbatan issiq bo’lgan, shu sababli kontinental yotqiziqlar ko’p bo’lib, ular orasida boksid konlari uchraydi. O’zbekistonda trias davrida qalin nurash qobig’i rivojlangan.
Yura davrida yopiq urug’li o’simliklar va qushlar, sut emizuvchi hayvonlar paydo bo’ldi va rivojlandi. Nam iqlim sharoitida o’simliklar barq urib rivojlangan. SHuning uchun mazkur davr yotqiziqlari orasida ulkan va yirik toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir konlari hosil bo’lgan. O’zbekistondagi Angren qo’ng’ir ko’mir koni, Boysun va SHarg’un ko’mir konlari ham ushbu davrda hosil bo’lgan. Bundan tashqari yura davri yotqiziqlari orasida neftь va gaz konlari ham vujudga kelgan.
Bo’r davrida ulkan sudralib yuruvchilar qirilib ketdi. Uning asosiy sababi iqlimni quruqlashuvi bo’lishi mumkin. Sudralib yuruvchilarning asosiy ozuqasi bo’lgan o’simlik qoplamini o’zgarishi ham ularni qirilib ketishiga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. O’txo’r kaltakesaklarning qirilib ketishi bilan ular bilan oziqlanadigan yirtqich kaltakesaklar ham qirilib ketdi. Bu esa sut emizuvchi hayvonlarni keng tarqalishiga olib keldi.
Mezozoy erasida kimmeriy va laramiy tog’ hosil bo’lish bosqichlarida Kordilьera, shimoli-sharqiy Sibir, Sixotolin, Hindixitoy yarim oroli va Kalimantan orolidagi tog’lar ko’tarilgan. Mezozoy erasidagi eng muhim voqealardan biri dasht va savanna tabiat zonalari vujudga keldi.
|
| |