|
Umumiy tabiiy geografiya
|
bet | 74/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaMajburiy harakatlar.
Davriylik jarayonlari tashqi omillar ta’siri (majburiy harakatlar) va geografik qobiqni rivojlanishining ichki qonuniyatlari (avtonom tebranishlar) ta’sirida ro’y beradi.
Davriylikni keltirib chiqaruvchi tashqi omillarga galaktikada Quyosh tizimini tutgan o’rni, Yer orbitasini ekssentritetini tebranishi, Yer o’qining qiyaligini o’zgarishi va boshqalar kiritiladi. Galaktika yili davomida Quyosh tizimi moddaning zichligi har xil bo’lgan muhitdan o’tadi. SHu davr mobaynida gravitasion tortilish kuchi o’zgarib turadi. Koinotdagi materiya zichligini o’zgarishi, jismlarni bir-biriga tortilish kuchini biroz o’zgarishi atmosfera va okeandagi sirkulyasiyaga, ellipisoid aylanma harakat ta’sirida zichlikni o’zgarishga olib keladi. Bunday o’zgarishlar o’z navbatida davriy jarayonlarni ro’y berishini ta’minlaydi.
Bunday majburiy harakatlarga yillik va sutkalik ritmiklik yaqqol misol bœla oladi. U yerni o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi, Yer o’qini ekliptikaga nisbatan qiyaligi va natijada Quyosh radiatsiyasini faoligini o’zgarishi bilan bog’liq. Tabiatdagi jarayonlarga ta’sir ko’rsatuvchi eng asosiy omillardan biri bo’lgan Quyosh radiatsiyasi miqdorining o’zgarishi amaliyotda hamma tabiiy- geografik jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi. Sutkalik va yillik o’zgarishlarni aniq amalga oshishi vaqtni aniqlash birligi sifatida qabul qilish imkoniyatini yaratgan.
Majburiy harakatlar qalqish hodisasini keltirib chiqaruvchi sayyoraviy astronomik omillar ta’sirida ham amalga oshadi. Natijada 1,2; 8,9; 18,9 va taxminan 111 yil va 1800-1900 yil davom etuvchi ritmik davriylik mavjud.
Davriy o’zgarishlarga ko’p jihatdan Quyosh tizimini koinotda tutgan o’rnining hosilasi sifatida qaralishi mumkin. Masalan, sutkalik va mavsumiy davriylik yerni Quyoshga nisbatan tutgan o’rni bilan belgilanadi. 1800 yillik davriylik esa Quyosh, Yer va oyning bir-biriga nisbatan tutgan o’rni bilan belgilanadi.
Mustaqil (avtonom) harakatlar.
Tashqi omillar ta’sirida ro’y beradigan harakatlardan tashqari geografik qobiqda mustaqil harakatlar ham mavjud. Bunday harakatlar ikkitadan kam bo’lmagan inersiya zanjiridan iborat tizimlarga xos. Ob’ektga nisbatan tashqi omillarni o’zgarishi natijasida o’zining o’lchamlarini asta-sekin o’zgartiruvchi tizimlarga inersion tizimlar deyiladi. Umuman olganda hamma geografik ob’ektlar inersion tizimlardan iborat. Ammo ularni inersionlik darajasi har xil, ko’plarda minutlar, soatlar, suktalar bilan o’lchanadi. SHu bilan birga geografik qobiqning okean, muzliklar kabi tizimlari tashqi omillar ta’sirida ancha sekin o’zgaradi. Masalan, suv asta-sekin isib asta-sekin soviydi, materik muzliklarini bosishi yoki chekinishi minglab yilni o’z ichiga olishi mumkin.
Ob-havoni o’zgarishi ham ko’p jihatdan mustaqil harakatlarga misol bo’la oladi. Ob-havo har doim Quyosh radiatsiyasini miqdori bilangina bog’liq bo’lmasdan, ko’p jihatdan atmosferani okean, materik va muzliklar bilan bog’liqligining mahsulidir. Bu o’rinda bulutlik darajasi, atmosfera va okean orasidagi termodinamik tafovut muhim ahamiyatga ega.
Okeanning inersionligi, ya’ni uni atmosferaga nisbatan sekin isishi yoki sovushi (tashqi omil ta’siriga reaksiyasini bir zumda bo’lmasligi) uning hamma termodinamik tasnifini vaqt davomida siljishiga olib keladi. Okean o’ziga xos o’tgan hodisani saqlab qoluvchi tazim sifatida namoyon bo’ladi. SHunday qilib tashqi omil ta’siri natijasida har xal davr mobaynida o’zgaruvchi tizimni mavjudligi geografik qobiqda mustaqil o’zgarishlarni amalga oshishini taqozo etadi.
Tashqi omillar va ichki qonuniyatlar ta’sirida ro’y beruvchi majburiy va mustaqil harakatlar davriylik hodisalarini yanada murakkablashtiradi. Har bir davriylikdan so’ng Yer yuzasi va uning alohida kichik tizimlari ilgarigi asl hollariga qaytmaydilar, har bir harakat biror bir yangilik olib keladi. Natijada tizim o’zgaradi, evolyusion rivojlanish kuzatiladi. Tizimlarning rivojlanishi qaytmaydigan o’zgarishlarni uzoq muddat davomida amalga oshishi natijasida ro’y beradi.
|
| |