Moddalarning harakat turlari




Download 1,98 Mb.
bet72/86
Sana18.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#241761
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86
Bog'liq
Umumiy tabiiy geografiya

Moddalarning harakat turlari


Modda miqdori 1012kgg’yil

1

I. Quruqlikka moddalarning kelishi
Nurash jarayonida suv va moddalarni bog’lanishi

0,1-0,6

2

Vulkanogen akkumulyasiya

1,8

3

Biogen akkumulyasiya

1,0

4

Moddalarni fazodan kelishi

0,02




Jami

2,9-4,4

1

II. Moddalar sarfi Loyqa (qattik oqim)

14,1

2

Ionli oqim

1,6-1,7

3

Qoplama muzliklar denudasiyasi

2,2-2,3

4

Dengiz abraziyasi

0,7-1,1

5

SHamol bilan moddalarni olib ketilishi

2,0-4,0

6

Mineral yoqilgini yoqish

2,6




Jami

23,2-25,7

Farq: kelish (2,9-4,4) – sarf (23,2-25,7) – 21mlrd tonna.


Quruqlikning balandligi Dunyo okeani sathini o’zgarishi, tektonik harakatdar tufayli ham o’zgarib turadi. Hozirgi paytda okeanning hajmi kengayib quruqlikning hajmi va massasi kamayib bormoqda.
Hozirgi paytda moddalar insonning xo’jalik faoliyati natijasida ham ko’chib yuradi. Jahonda inson ta’sirida yiliga 10 mlrd. tonna modda ko’chiriladi, bu esa jahonda moddalar harakatini 40% ni tashkil qiladi. Demak, hozirgi paytda mineral moddalarni antropogen harakati tabiiy harakat bilan deyarli tenglashib qolgan.
Litosferada moddalarning harakati.
Litosferada moddalarning juda yirik va muhim harakatlari sodir bo’ladi. Yer po’sti palaxsalarining bo’ylama va ko’ndalang harakati, magmatik jarayonlar va boshqa omillar ta’sirida Yer yuzasi bilan mantiya o’rtasida modda almashinuvchi ro’y beradi. Mazkur jarayonlarning yorqin namoyoni vulkanlar va zil-zilalar hisoblanadi.
Vulkanlar Yer yuzasi tabiatini shakllanishida muhim rolь o’ynagan va hozir ham muhim o’rin tutadi. Hozirgi paytda Yer yuzasida 800 dan ortiq so’nmagan vulkan bor, ular har yili Yer yuzasiga 3-6 mlrd. tonna modda chiqarib tashlaydi. Vulkan tomonidan Yer yuzasiga otib chiqarilgan moddalarni kul, shlak, andezit tarkibli lava oqimlari, gazlar va suv bug’lari tashqil qiladi. Yerning geologik tarixi davomida Yer yuzasiga 13,501018 –2701018 tonna vulkan jinslari chikarib tashlangan. Mazkur miqdor hamma quruqlikdagi Yer po’sti massasiga to’g’ri qiladi. Yer po’stinning umumiy massasi 18·1018 tonnani tashkil qiladi. Demak, Yer po’sti vulkanik va o’zgargan vulkanik jinslardan iborat ekan (36-rasm).
Vulkan jarayonida ajralib chiqqan suv bug’lari atmosfera va gidrosferada mavjud bo’lgan komponentlardan iborat. Vulkan otilganda atmosferaga juda ko’p qattiq zarralar chiqariladi. Mayda zarrachalar atmosferadagi aerozollarni tashkil qiladi. Ular tomonidan Quyosh nurlari ushlab qolinadi.
Bir yilda Yer yuzasida yuz-minglab marotaba zil-zila sodir bo’ladi. Ularning ko’pchiligini inson sezmaydi, faqat o’ta sezgir asboblargina qayd qiladi. Ammo kuchli zil-zilalar ham sodir bo’lib turadi. Oxirgi 30-40 yil davomida kuchli zil-zilalar ta’sirida 15 mln.ga yaqin odam fojiali ravishda hayotdan ko’z yumdi.
Yer po’stidagi boshqa harakatlar sekin-asta ro’y beradi. Bunday harakatlarga sekin ro’y beradigan tebranma harakatlar kiradi. Ular natijasida Yer yuzasining bir qismi asta-sekin cho’ksa, ikkinchi qismi ko’tariladi, ya’ni bo’ylama (vertikal) harakatlar sodir bo’ladi. Bundan tashqari ko’ndalang (gorizontal) harakatlar ham mavjud. 1891 yili nemis olimi A.Vegener materiklarni suzib yurishi gepotezasini ishlab chiqdi. Materiklarni suzib yurishi gepotezasini ishlab chiqish uchun
Atlantika okeanini ikki qirg’og’idagi materiklar qiyofasining o’xshashligi; b) Atlantika okeani ikki qirg’og’idagi materiklar geologik tuzilishi, fauna va florasining o’xshashligi; v) Afrikaning janubida, Madagaskarda, Hindistonda, Avstraliyaning g’arbida, janubiy Amerikaning sharqida toshko’mir va permь davrlaridagi muz qoplami izlarining borligi. Bu esa qadimda juda katta yaxlit Pangeya quruqligi borligidan darak beradi. Keyinchalik Yer po’sti palaxsalarini harakatini tasdiqlovchi qator dalillar topildi. A.Vegener gepotezasi asosida keyinchalik tektonik plitalar nazariyasi ishlab chiqildi. Mazkur nazariyaga asosan litosfera oltita yirik plitadan iborat. Plitalar astenosfera ustida izostatik muvozanatlashgan va mantiyadagi konvektiv issiqlik ta’sirida gorizontal harakat qiladi. Okean va quruqlik litosfera plitalari to’qnashgan joyda okean plitalari cho’kadi va chuqur cho’kmalar hosil bo’ladi, quruqlikda esa tog’lar ko’tariladi yoki orollar yoylari vujudga keladi. Ikkita quruqlik plitasi to’qnashgan joyda esa tog’lar hosil bo’ladi. Masalan, Hindiston plitasi bilan Yevrosiyo plitasining to’qnashgan joyida Ximolay tog’lari vujudga kelgan.
Plitalarni bir-biridan uzoqlashish zonasida o’rta okean tizmalari vujudga keladi. Okean suv osti tizmasining o’rtasida graben joylashadi, mazkur chuqurlik-graben litosfera plitalarini bir-biridan uzoqlashish zonasi hisoblanadi va rift deb ataladi.
Itosfera plitalari tektonikasi nazariyasiga binoan Yer po’sti va mantiya orasidagi modda almashinuvchi quyidagicha ro’y beradi: a) o’rta okean suv osti tog’ tizmalari zonasida mantiya moddasi yuqoriga ko’tarilib Yer po’stini qalinligini oshiradi; b) subduksiya zonasida esa (plitaning cho’kishi) plita cho’kadi va uning moddalari chuqurda erigan holatga o’tadi. Mineral moddalarning geografik qobiqda aylanib yurishi va ularni mantiya moddasi bilan almashinuvining umumiy chizmasi 36-rasmda tasvirlangan.
Mazkur chizmaga binoan nurash, qayta yotqizilish va sedimentasiya jarayonlari ta’sirida vujudga kelgan cho’kindi jinslar tektonik cho’kish natijasida avval Yer po’stining quyi qatlamlariga tushadi va yuqori harorat va bosim ta’siriga uchraydi, natijada ular metamorfik tog’ jinslariga aylanadi. Mazkur metamorfik jinslar yanada pastga tushib eriydi va ikkilamchi magmaga aylanadi. Bir vaqtning o’zida kompensasion jarayon yuz beradi: magma yuqoriga ko’tarilishi natijasida vulkanlar otiladi, magmaning tabaqalanishi va kristallanishi ro’y beradi, ular ekzogen jarayonlar ta’sirida yana cho’kindi jinslarga aylanadi.
Mantiya bilan Yer po’sti o’rtasidagi modda almashinuvi geografik qobiqning faoliyati uchun zarur shart bo’lib hisoblanadi. CHunki mazkur modda almashinuvchi natijasida organik moddalarni hosil bo’lishi uchun asosiy manba bo’lgan SO2 miqdori geografik qobiqda doimo ko’payib turadi. Agar vulkanik xarakatlar bo’lmasa, Yerda platforma sharoiti vujudga keladi va geografik qobiqqa SO2 ni kelishi to’xtaydi, natijada Yerda hayot ham tamom bo’lishi mumkin.

Download 1,98 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86




Download 1,98 Mb.