|
MAVZU: GEOGRAFIK QOBIQDAGI DAVRIY HARAKATLAR
|
bet | 73/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaMAVZU: GEOGRAFIK QOBIQDAGI DAVRIY HARAKATLAR.
Reja:
Davriy harakat turlari.
Majburiy harakatlar.
Mustaqi harakatlar.
Tabiiy geografik hodisalarning davriyligi.
Modda va energiyani o’rin almashish tizimlarining tahlili geografik qobiq doimo yer qobiqlari va koinot bilan modda va energiya almashishida faol ishtirok etib turishini ko’rsatadi. Geografik qobiqning o’zida modda va energiyani bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi va o’zgarishi kuzatiladi.
O’rin amlashishning eng faol shakli aylanma harakat hisoblanadi. Aylanma harakat cheklangan miqdordagi moddani doimo harakatda bo’lishini ta’minlaydi. Har bir aylanma harakat davri harakatni eng sodda birligidan iborat. Lekin davrlarni aynan qaytarilishi kuzatilmaydi. Aylanma harakat miqyosida energiya va modda oqimlarini asta-sekin bir tomonga yunaltirilgan o’zgarishi amalga oshadi, bu esa o’z o’rnida geosferalarni tarkibi va tuzilishini o’zgarishiga olib keladi. Bir tomonlama yo’nalishiga ega bo’lgan o’zgarishlar uzoq davom etgan davr mobaynida amalga oshadi. Bunday dinamik o’zgarishlar davriylik deb yuritiladi. Geografik qobiqda davriylik juda ko’p jarayonlarda, jumladan, tektonik, magmatik, iqlimiy gidrologik va boshqa ko’plab jarayonlarda kuzatiladi. Davriy harakatlar asosan ikkita tur ritmik va siklik harakat turlariga ajratiladi. Ritmiklik deganda ma’lum vaqtda qaytarilib turadigan o’zgarishlar tushunilib, unga misol tariqasida kun va tunni almashishi, Yerni Quyosh atrofida aylanishi va boshqalarni ko’rsatishimiz mumkin. Sikllar esa ma’lum vaqtda ro’y bermaydigan davriy o’zgarishlardan iborat. Unga misol tariqasida Yer orbitasini o’lchamlarini o’zgarishi, Quyosh faoligi va boshqa bir qator omillar natijasida iqlimni o’zgarishini ko’rsatishimiz mumkin. Bu haqda ko’plab geologik, arxeologik dalillar va tarixiy kuzatishlardan olingan ma’lumotlar mavjud. Iqlimni har 35 yil, 1800 yillik o’zgarib turish sikllari ancha yaxshi o’rganilgan.
Davriylik tektonik jarayonlarda ham kuzatilib, u yer qobig’ini ko’tarilishi yoki cho’kishida, zil-zilalarni bo’lib turishida, burmalanish bosqichlarida, effuziv va intruziv vulkanik jarayonlarni faollashishida namoyon bo’ladi. Bunday tektonik faollik 50-150 mln. yil davom etuvchi nisbatan tektonik tinchlik davri bilan almashib turadi. Boshqa shunga o’xshash davriylikni biosferadagi boshqa ko’plab jarayonlarda kuzatishimiz mumkin.
|
| |