|
MAVZU: LITOSFERADAGI AYLANMA HARAKATLAR
|
bet | 71/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaMAVZU: LITOSFERADAGI AYLANMA HARAKATLAR.
Reja:
Er yuzasida moddalarning harakati.
Litosferada moddalarning aylanma xarakati.
Litosferaning turli qismlarida moddalarning doimo aylanma harakati sodir bo’lib turadi. Mazkur harakatlar ikki yo’nalishda sodir bo’ladi: ko’ndalang va bo’ylama. Ko’ndalang yo’nalishda moddalarning harakati asosan Yer yuzasida, ya’ni litosferaning ustida sodir bo’ladi. Bo’ylama yo’nalishda moddalarning harakati litosferaning ichki va yuqorigi qismlari orasida ro’y beradi.
Yer yuzasida moddalarning harakati.
Geologik davrlar davomida Yerda ko’tarilishlar, cho’kishlar, zilzilalar, vulkanlar kuzatilib kelinmoqda. Ular ta’sirida Yer yuzasida baland tog’lar, botiqlar va tekisliklar vujudga keladi. Mazkur relyef shakllari tashqi omillar ta’sirida (shamol, nurash, daryo, muz, to’lqin) yemiriladi. Relyefning yemirilishi va moddalarning harakati surilma, ko’chki, sellar ta’sirida ham ro’y beradi. Mazkur jarayonlar ta’sirida moddalar Yer yuzasida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yuradi.
Mineral zarralar asosan havo, suv, muz yordamida ko’chib yuradi. Agar tektonik harakatlar to’xtab qolsa hamma qi’talar 10-20 mln. yil ichida okean sathigacha yemirilib tekislanib qolgan bo’lar edi.
Moddalarning harakati natijasida Yer yuzidan moddalarni olib ketilishi va olib kelinishi ro’y beradi.
Yer yuzidan moddalarni olib ketilishi daryolar, muzlar orqali amalga oshiriladi. Daryolar orqali asta-sekin, muntazam va katta maydonlarda moddalar bir joydan ikkinchi joyga olib ketiladi. Ularning katta qismi loyqa sifatida harakat qiladi. Quruqlik yuzasida hosil bo’ladigan loyqaning bir yillik miqdori 14 mlrd. t., erigan yotqiziklar (ionli oqim) miqdori esa yiliga 1,5-2,0 mlrd. t. tashkil qiladi.
Tog’larda odatda denudasiya juda tez va faol sodir bo’ladi. Amudaryo, Sirdaryo, Xuanxe, Nil daryolari loyqa miqdorining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Yer yuzasining yemirilishi (denudasiyasi) muzlar ta’sirida ham ro’y beradi. Ularning ahamiyati muz bosish davrlarida katta bo’lgan. Mazkur davrda Yer yuzasining 30% muz bilan qoplangan. Harakatdagi muzlik yumshoq jinslarni surib, qattiqlarini yemiradi. Tog’ jinslarining parchalarini muzlar o’n, yuz, hatto minglab kilometr masofaga olib ketadi. Antarktidada tog’ jinslarini muzlar uning chekkasi tomon olib boradi, so’ngra aysberglar okean tomon olib ketadi.
Muz yotqiziqlari (morenalar) bilan quruqlikning 10% qismi qoplangan. Ular asosan morena va suv-muz yotqiziqlaridan iborat.
Quruqlikka moddalar quyidagi yo’nalishlarda keladi:
atmosfera yog’inlari bilan birga dengiz suvi tuzlarining kelishi. Okean suvlaridagi tuz zarralari atmosferaga kuchli dengiz bo’ronlari paytida keladi;
quruqlikdagi moddalar nurash natijasida ham ko’payib turadi, otqindi (vulkanik) va boshqa tog’ jinslari yemirilish jarayonida suv, kislorod, uglerod dioksidini bog’laydi. Natijada mineral moddalarni oksidlanishi, gilli slaneslarni, qumtoshlarni, ohaktoshlarni, dolomitlarni va boshqa tog’ jinslarini hosil bo’lishi kuzatiladi;
mineral moddalarning bir qismi vulkan otilishida va cho’kindi tog’ jinslarini hosil bo’lishida quruqlikka keladi. Har yili hosil bo’ladigan biomassaning 0,8% cho’kindi tog’ jinslarini tashkil qiladi. Mineral moddalarning bir qismi fazodan keladi.
Hisoblashlar shuni ko’rsatadiki, quruqlikdan moddalarni olib ketilishi, quruqlikka moddalarning kelishidan 7 marotaba ko’p ekan. Demak, quruqlikdagi moddalar muvozanati manfiy ekan. Mazkur farq 21 mlrd tonnani tashkil qiladi. Mineral moddalarning harakati daryolar orqali tez sodir bo’ladi, natijada quruqlikning balandligi har yili pasayib bormoqda. Mineral moddalarning muvozanati L.G.Bondarev (Vechnoe dvijenie, M, 1974, s57) tomonidan hisoblab chiqilgan (11-jadval)
11-jadval
Quruqlikda mineral moddalar muvozanati
|
| |