• Jahon suv muvozanati
  • MAVZU: BIOLOGIK VA BIOKIMYoVIY HARAKATLAR. Reja
  • Geografik qobiqda suv muvozanati




    Download 1,98 Mb.
    bet68/86
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #241761
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86
    Bog'liq
    Umumiy tabiiy geografiya

    Geografik qobiqda suv muvozanati
    Er yuzasiga yiliga 577 1012m3 yog’in yog’adi va shuncha suv bug’lanadi. Okean yuzasiga bir yilda 458 1012m3 yog’in yog’adi. Okean yuzasidan bir yilda 505 1012m3 suv bug’lanadi, quruqlik yuzasidan esa 72 1012m3 (10-jadval). Yer yuzasiga yoqqan yog’inlarning qolgan qismi daryolarni, ko’llarni, botqoqlarni, muz va qorlarni hamda yer osti suvlarini hosil qiladi. Ular ham asta-sekin okean tomon oqa boshlaydi. Dunyo suv muvozanatini ikkita tenglama orqali ifodalash mumkin (K.I.Gerenchuk va boshqalar, 1984).
    Dunyo okeani yuzasi uchun – YebqXbqF
    Quruqlik yuzasi uchun - XєqEєqF
    Eb – okean yuzasidan bug’lanish; Yeє- quruqlik yuzasidan bug’lanish; Xb – okeanlar yuzasiga tushadigan yog’inlar; F – quruqlikdan keladigan oqim; Xє – quruqlikdagi yog’in miqdori.
    10- jadval
    Jahon suv muvozanati.

    Hudud

    Maydon mln. km2

    Yog’inlar

    Bug’lanish

    Oqim (okeanga)

    mm

    m3

    mm

    m3

    mm

    m3

    Yer yuzasi

    510

    1130

    577 1012

    1130

    577 1012

    -

    -

    Dunyo okeani

    361

    1270

    458 1012

    1400

    505 1012

    130

    47 1012

    Quruqlik


    149

    800

    119 1012

    485

    72 1012

    315

    47 1012

    Okean, atmosfera va quruqlik yuzasiga keladigan namning asosiy manbai hisoblanadi. Okean yuzasidan yiliga 505 mln.km3 suv bug’lanadi, ya’ni 1395 mm. qalinlikda suv bug’lanadi. Eng ko’p bug’lanish tropik kengliklarda kuzatiladi (2000 mm), ekvatorda 1500 – 1000 mm, qutb atrofida 600-500 mm.


    Okean daryolardan 47 mln.km3 suv oladi. Okean suvining o’rtacha ko’tarilishi 1,5 mmg’yil.


    MAVZU: BIOLOGIK VA BIOKIMYoVIY HARAKATLAR.
    Reja:

    1. Mavjudotlarning modda va issiqlikning aylanma harakatidagi o’rni va ahamiyati.

    2. Ozuqa zanjiri. Organik moddalar muvozanati.

    3. Biokimyoviy alanma xarakatlar.

    Organik moddaning vujudga kelishi va uni parchalanish jarayonida biosferadagi mineral moddalar, suv, har xil gazlar va energiya harakatga keladi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chadi. Miqdor nuqtai nazardan bunday harakat uncha katta emas, lekin organizmlar bilan bog’liq holda modda va energiyani joy almashishi geografik qobiq uchun haddan tashqari muhim ahamiyatga ega, chunki bu jarayon geografik qobiqda qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlarni amalga oshiradi.


    Tirik organizmlarning faoliyati hamma geosferalarni tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatdi: atmosfera tarkibidagi karbonat angidridining asosiy qismi organik birikmalar tarkibiga jalb etiladi. SHu jarayon ta’sirida yer yuzasida katta miqdorda kimyoviy energiya to’plandi, atmosferada erkin kislorod miqdori ko’payib ozon ekrani vujudga keldi, hosildorlik hususiyatiga ega bo’lgan, o’ziga xos biokos tizim – tuproq vujudga keldi, yer po’stining yuqori qismida organizmlar qoldig’iga boy cho’kindi tog’ jinslari to’plandi.
    Bir – biriga qarama – qarshi bo’lgan organik moddaning vujudga kelishi va parchalanish jarayoni moddalarni aylanma boilogik o’rin almashishini vujudga keltiradi. Agar bu o’rin almashishga kimyoviy elementlarni (uglerod, azot, kislorod, vodorod, kalsiy, fosfor, temir va hokazo) migrasiyasi sifatida qaralsa, bunday o’rin almashishni biokimyoviy o’rin amlashish desak bo’ladi.
    Biologik o’rin almashish fotosintez jarayoni bilan chambarchas bog’langan. Natijada energiyaga boy kuchli qaytaruvchi xlorofill organik birikma va kuchli oksidlantiruvchi element – kislorod vujudga keladi. Fotosintez bilan bir vaqtda o’simliklarda qarama – qarshi jarayon – nafas olish amalga oshadi. Yaxshi rivojlanayotgan fitosenozlarda fotosintezda vujudga kelgan organik moddaning miqdori nafas olish jarayonida parchalanayotgan moddaning miqdoriga nisbatan ko’p bo’lishi kerak. Bu ko’rsatkichlar orasidagi yillik tafovut yillik fotosintez mahsuloti yoki yillik biomassa deyiladi.
    Geografik qobiqda modda va energiyaning biologik o’rin almashishidan tashqari geologik o’rin almashish mavjud bo’lib, u quyidagi ko’rinishga ega.
    Gidrosfera va atmosferani vujudga keltiruvchi oson harakat qiluvchi gazlar va tabiat suvlari aylanma harakatda faol ishtirok etishlari o’z o’zidan ko’rinib turibdi. Quruqlikni vujudga keltiruvchi elementlar esa sekinroq harakat qiladi. Quruqlikni vujudga keltirgan elementlar nurash va denudasiya ta’sirida yer yuzasidan 80-100 mln yil ichida olib ketilishi mumkin.
    Hozir quruqlikning hajmi dunyo okeani hajmini 1\12 qismini tashkil etadi. Agar tektonik harakatlar natijasida yer po’sti ko’tarilib turmaganda bir necha geologik davr mobaynida quruqlik hajmi keskin kamayib ketgan bo’lar edi. Tektonik ko’tarilish va yemirilish nisbiy muvozanatining mahsuli deyish mumkin.
    Umuman olganda hamma cho’kindi tog’ jinslari biosferada tirik organizmlarning ishtirokida vujudga kelgan, tektonik harakatlar natijasida bu cho’kindi tog’ jinslari metamorfik tog’ jinslariga, bir qismi esa magma tarkibiga kirgan. SHuni hisobga olgan holda V.I. Vernadskiy yerning granit qobiђi qadimgi biosferalar mahsuli degan g’oyani ilgari surgan.
    Yer yuzidagi mavjudotlarning issiqlikning aylanma harakatidagi o’rni ham juda katta. Ma’lumki Quyosh energiyasi biosferaning issiqlik balansi va issiklik kelishining asosiy manbai hisoblanadi. Bu o’rinda Yerga Quyosh energiyasining 5*10-10 darajasidagi miqdori kelishini nazarda tutish lozim. Bu mikdor Quyosh radiatsiyasining umumiy miqdoriga nisbatan juda kam bo’lsada yiliga 1,72*1017 Vt yoki 5,42*1024 Djg’yilga teng. Kelayotgan Quyosh radiatsiyasini 22% ga yaqini bulutlar, 8% ga yaqini atmosfera tomonidan qaytariladi. 13% ga yaqin energiya ozon qatlamiga, 7% ga yaqini esa atmosferaga singadi. SHunday qilib kelayotgan Quyosh radiatsiyasining yarmiga yaqini Yer yuzasiga yetib keladi va uning issiqlik muvozanatini belgilab beradi.
    Fotosintez jarayonida ishtirok etishi mumkin bo’lgan fotosintetik faol radiatsiya (FFR) ko’k – binafsha (0,38-0,47 mkm) va qizil – sariq (0,58-0,71 mkm) nurlardan iborat bo’lib, umumiy radiatsiyaning 50% ga yaqinini tashkil etadi. Nam, doimo yashil tropik o’rmonlarda FFRning 5% ga yaqini, butun Yer yuzasi bo’yicha esa FFRning 1% ga yaqini o’simliklar tomonidan fotosintez jarayonida o’zlashtiriladi va yiliga organik birikmalarda 504*1019 Dj energiya to’planadi. Bu energiya butun jaxon ishlab chiqarilishiga jalb etilgan energiyaga nisbatan 20 barobar ko’p. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan Yer yuzasida mavjudotlarning modda va issiqlikning aylanma harakatida faol ishtirok etishini ko’rish mumkin.



    Download 1,98 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86




    Download 1,98 Mb.