|
MAVZU: GEOGRAFIK QOBIQDA SUVNING HARAKATI
|
bet | 64/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaMAVZU: GEOGRAFIK QOBIQDA SUVNING HARAKATI.
Reja:
Geografik qobiqda suvning aylanma harakati.
Quruqlikda suvning aylanma xarakati.
Okeanda suvning aylanma xarakati.
Atmosferada suvning xarakati.
Xo’jalik suvning xarakati.
Geografik qobiqda suvning muvozanati.
Suvning aylanma harakati geografik qobiqda muhim ahamiyatga ega. Suv turli shakllarda tabiatda aylanib yuradi. Suvning aylanib yurishi jarayonida Yer yuzasidagi turli xil relyef shakllari yemiriladi, juda katta miqdorda issiqlik va mineral moddalar bir joydan ikkinchi joyga olib boriladi. Okeanlardan quruqlikka doimo suvni bug’lanib atmosfera orqali kelib turishi natijasida daryolar, ko’llar, botqoqlar, muzlar va yer osti suvlari hosil bo’ladi.
Gidrosferadagi suvlar ilgari aytganimizdek mantiyadan moddalarni gravitasion tabaqalanishi natijasida ajralib chiqqan. Mazkur jarayon hozir ham davom etmoqda. Suvning umumiy hajmi shuning uchun doimo o’sib bormoqda. Ammo shunga qaramasdan suvning ma’lum bir qismlari sarflanib turadi.
Geografik qobiqda suvning harakati turli shakllarda ro’y beradi. Geografik qobiqdagi barcha suv havzalari bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Suv havzalarida doimo turli tezlikda suv almashinib turadi (9-jadval).
9-jadval Geografik qobiqda suvning aylanishi.
(K.I.Gerenchuk, 1984)
| Suvning turlari | To’la aylanish davri, yil |
|
Dunyo okeani
|
2500
|
|
Yer osti suvlari
|
1400
|
|
Tuproqdagi nam
|
1
|
|
Qutbiy muzliklar va doimiy qor qoplami
|
9700
|
|
Tog’ muzliklari
|
1600
|
|
Ko’p yillik muzlikdagi yer osti muzlari
|
10000
|
|
Ko’l suvlari
|
17
|
|
Botqoq suvlari
|
5
|
|
Daryo suvlari
|
16
|
|
Biologik suv
|
Bir necha soat
|
|
Atmosferadagi nam
|
8
|
|
| |