|
Yer yuzasida issiqlikni notekis taqsimlanishi va u bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar
|
bet | 60/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaYer yuzasida issiqlikni notekis taqsimlanishi va u bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar.
Atmosferadagi havo bevosita quyosh nurlari ta’sirida emas, balki Yer yuzasidan ko’tarilayotgan issiqlik ta’sirida isiydi. Yer yuzasidan atmosferaga issiqlik havoning turbulent almashinishi va ko’tarilayotgan havodan yashirin bug’ hosil bo’lish issiqligini ajralib chiqishi tufayli keladi.
Buning natijasida qo’yidagi jarayonlar sodir bo’ladi:
termik turbulentlik yoki termik konveksiya;
adiabatik jarayonlar;
harorat inversiyasi va h.k.
Termik turbulentlik yoki termik konveksiya notekis qizigan yer yuzasidan havo zarralarini tartibsiz harakati natijasida sodir bo’ladi. Agar kichik-kichik tartibsiz havo harakatlarini o’rniga kuchli ko’tarilma va pastlama oqimlar harakati sodir bo’lsa, ular havoning tartibli oqimi deb ataladi. Yer yuzasidan ko’tarilayotgan issiqlik tufayli qizigan havo tepaga ko’tarila boshlaydi va mazkur qatlamlarga issiqlik olib chiqadi. Termik konveksiya ko’tarilayotgan havo harorati mazkur balandlikdagi havo haroratidan yuqori bo’lguncha davom etadi (atmosferaning beqaror holati).
Agar ko’tarilayotgan havoning harorati mazkur balandlikdagi havo harorati bilan tenglashib qolsa havoning ko’tarilishi to’xtaydi, (atmosferaning befarq holati),
agar ko’tarilayotgan havo harorati mazkur balandlikdagi havo haroratidan past bo’lsa havo massasi pastga tusha boshlaydi.
Yuqoriga issiqlik bug’langan nam sifatida ham chiqadi. Kondensasiya jarayonida mazkur bulutdan katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Suv bug’ining har bir gramm 600 kall. yashirin bug’ hosil qilish issiqligiga ega.
Haroratni atrof muhit bilan issiqlik almashinuvisiz o’zgarishiga adiabatik jarayon deb ataladi. Bunda gazlarning ichki energiyasi kuchga aylanadi va kuch ichki energiyaga aylanadi. Gazlarning ichki energiyasi mutloq haroratga teng, natijada haroratni o’zgarishi sodir bo’ladi.
Yuqoriga ko’tarilayotgan havo kengayadi va ma’lum bir ishni bajaradi, mazkur ishni bajarish uchun esa ichki energiya sarflanadi, natijada havoning harorati pasayadi. Pastga tushayotgan havo esa zichligi ortishi munosabati bilan siqiladi, havoning kengayishi uchun sarflangan energiya ajralib chiqadi va havo harorati ko’tariladi.
|
| |