Umumiy tabiiy geografiya




Download 1,98 Mb.
bet66/86
Sana18.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#241761
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86
Bog'liq
Umumiy tabiiy geografiya

Okeanda suvning harakati.
Okeanlarda suv doimo harakatda bo’ladi. Suvning harakati bo’ylama (vertikal) va ko’ndalang (gorizontal) yo’nalishda sodir bo’ladi. Okean suvlarining bo’ylama harakati natijasida okean tubi va yuzasidagi suvlar almashinadi. CHuqurlikdagi suvlar yuqoriga ko’tariladi, yuqoridagi suvlar esa pastga tushadi. Okean suvlarining ko’ndalang (gorizontal) harakati natijasida juda katta masofalarga issiqlik va moddalar olib boriladi.
Okeanda suvlar harakatining asosiy omillari ikkiga bo’linadi: mexanik va termoxalin.
Mexanik omillarga shamol, atmosfera bosimining notekis taqsimlanishi va boshqalar kiradi.
Okean oqimlarining vujudga kelishidagi eng muhim omil doimiy shamollardir. Doimiy shamollar ta’sirida dreyf oqimlari hosil bo’ladi. Bunda harakat qilayotgan havo ishqalanish kuchi va to’lqinlarni shamolga ro’para turgan tomoniga bosishi natijasida okean yuzasidagi suv zarralarini surib ketadi, suvning yuqori qatlamlaridagi zarralarining harakati chuqurroq qatlamlarni ham harakatga keltiradi, chuqurga tushgan sari harakat sekinlasha boradi.
Okeanning bir qismida bosim yuqori bo’lsa okean sathi pasayadi, atmosfera bosimi past joylarda esa okean sathi ko’tariladi, natijada oqim vujudga keladi.
Termoxalin omillarga issiqlikning kelishi va ketishi, atmosfera yog’inlari, bug’lanish, materiklardan suvlarni kelishi va boshqalar kiradi. Natijada quyilma, xaydama, zichlik va kompensasion oqimlar vujudga keladi. Okeanning ikki joyida suv sathining o’zgarishi, daryolar quyilishi, yog’inlar yog’ishi yoki bug’lanish hisobiga ro’y bersa, quyilma oqim hosil bo’ladi. Zichlik oqimlari suvi turlicha zichlikka ega bo’lgan suv havzalari orasida vujudga keladi: zichlik suvning harorati va sho’rligiga bog’liq, suvning harorati bilan sho’rligi esa, o’z navbatida, yog’in miqdoriga, bug’lanishga, muzlarning erishi va boshqa jarayonlarga bog’liq.
Har qanday dengiz oqimi boshlangan joyda oqim suvni olib ketishi natijasida suv sathi pasayadi, oqim kelgan joyda esa ko’tariladi. Suv sathi pasaygan joylarga atrofdan suvlar oqib kelib uni to’ldiradi. Bunday oqimlar kompensasion oqimlar deb ataladi.
Dengiz oqimlarining o’rtacha qalinligi 200 – 300 m.ni tashkil qiladi. Oqimning yo’nalishi, shu oqimni vujudga keltirgan barcha kuchlar yo’nalishiga bog’liq.
Dunyo okeanida oqimlarning taqsimlanishida quyidagi qonuniyatlar mavjud:

  1. Barcha okeanlarda ekvatorning har tomonida passat oqimlari mavjud. Ular doimiy esib turadigan passat shamollari ta’sirida vujudga keladi. Mazkur oqimlar sharqdan g’arbga tomon esadi. Ular koriolis kuchi ta’sirida shimoliy yarim sharda o’ngga, janbiy yarim sharda chapga buriladi. SHimoliy va janubiy passat oqimlari oralig’ida g’arbdan sharqqa tomon esadigan ekvatorial qarshi oqim mavjud. Mazkur oqim kompensasion oqim hisoblanadi.

  2. Janubiy yarim sharning mo’tadil kengliklarida g’arbdan sharqqa tomon oqadigan G’arbiy shamollar oqimi mavjud. Mazkur oqimdan Peru, Bengela, Farbiy Avstraliya sovuq oqimlari ajralib chiqadi.

  3. Hind okeanining shimoliy qismida shimoliy passat oqimlari yo’q, chunki bu yerda passatlar o’rniga musson shamollari esib turadi. Musson shamollari ta’sirida vujudga keladigan oqimlar mavsumiy bo’ladi. Ular qishki va yozgi mussonlarni almashinishiga qarab o’z yo’nalishini o’zgartirib turadi.

  4. Dengiz oqimlari har bir okeanda tegishli halqalarni hosil qiladi. SHimoliy yarim shardagi halqalarda suv soat strelkasi yo’nalishida, janubiy yarim sharda esa aksincha harakat qiladi. Atlantika okeanida shimoliy yarim shardagi oqimlar xalqasini quyidagilar hosil qiladi: shimoliy passat, Golьfstrim, SHimoliy Atlantika, Kanar; janubiy yarim sharda: janubiy passat, Braziliya, g’arbiy shamollar, Bengela. Tinch okeanning shimoliy yarim shar qismida: shimoliy passat, Kurosio, SHimoliy Tinch okean, Kaliforinya; janubiy yarim shar qismida; janubiy passat, sharqiy Avstraliya, g’arbiy shamollar, Peru Yuqoridagi oqimlarning hammasi tropik kengliklardagi oqimlar hisoblanadi. Mo’tadil va qutbyoni kengliklarida oqimlar soat strelkasiga qarshi tomon (shimoliy yarim sharda) oqadi. Ularni aylanishi siklonsimon. Ular asosan atmosfera minimumlari hududlarida vujudga keladi. Janubiy yarim sharda yirik g’arbiy shamollar oqimi vujudga kelgan.

Okeanlardagi suvning xalqasimon harakati okeanlardagi dinamik muvozanatni aks ettiradi: bir joydan suvning kamayishi bilan boshqa joydan suv kelib uni to’ldiradi. Masalan, Golfstrim Atlantika okeanining g’arbiy kismida Braziliya va Gviana oqimlari keltirgan suvlarini to’planib qolishi natijasida hosil bo’ladi. Atmosferaga o’xshab okeanlarda ham zonal harakatlar hukmron, meridional harakatlar esa (Golfstrim, Kurosio, Kanar, Kaliforniya, Peru, Braziliya va boshqa lar) ularni bir-biri bilan tutashtirib turadi.
5. Okeanlarda suvlar bo’ylama yo’nalishda ham harakat qiladi. Ular yuzalama oqimlardan 3-5 marotaba kam bo’lsa ham ammo ahamiyati juda katta. Bo’ylama harakatlar tufayli okean yuzasidagi va tubidagi suvlar bir-biri bilan almashadi. Natijada okeanning chuqur qismlari va yuzasi orasida issiqlik, modda va ozuqani almashinishi ro’y beradi. Bo’ylama harakatlar ko’proq konvergensiya va divergensiya zonalarida sodir bo’ladi. Konvergensiya zonasida ikkita oqim qo’shiladi va yuza suvlari okean tubi tomon harakatlanib, suvlarni pastga tushishiga olib keladi. Divergensiya zonasida oqimlarni ikkiga bo’linishi natijasida okean tubidagi suvlar yuqori tomon harakatlanib yuzaga chiqadi. Bunday joylar apveling deb ataladi.
Dengiz oqimlari iqlimga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Suv soviganda o’zidan havoga ancha miqdorda issiqlik chiqaradi, isiganda esa havodan ko’pgina issiqlik oladi. Dengiz oqimlari issiqlikni bir joydan ikkinchi joyga olib boradi. Oqib kelgan suv u yetib borgan hududlardagi suvdan iliq bo’lsa, bunday oqimlar iliq oqimlar deb ataladi, oqib kelgan suvning harorati bu oqimlar yetib kelgan yerlardagi suv haroratidan past bo’lsa, bunday oqimlar sovuq oqimlar deb ataladi. Quyi geografik kengliklardan yuqori geografik kengliklar tomon oqadigan oqimlar iliq, yuqori kengiliklardan quyi kengliklar tomon oqadigan oqimlar sovuq bo’ladi.
Golfstrim va SHimoliy Atlantika iliq oqimi SHimoliy Atlantikaning 1 sm2 joyiga yiliga 80-100 katta kaloriya issiqlik olib keladi, bu issiqlik mazkur hududlardagi Quyosh radiatsiyasiga taxminan to’g’ri keladi. Kurosio oqimi Yapon orollari yaqiniga 20-30 katta kaloriya issiqlik olib keladi. Sovuq Kaliforniya oqimi o’tadigan Kaliforniya sohili yaqinida 20 va 40 shimoliy kenglik orasida esa okean har bir kvadrat santimerdan yiliga 60 katta kaloriya energiya sarf qiladi.



Download 1,98 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86




Download 1,98 Mb.