• Xo’jalikda suvning harakati
  • Atmosferada suvning harakati




    Download 1,98 Mb.
    bet67/86
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #241761
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
    Bog'liq
    Umumiy tabiiy geografiya

    Atmosferada suvning harakati
    Atmosferadagi suvning miqdori juda kam bo’lishiga qaramasdan u juda katta ahamiyatga ega. Atmosfera hamma suv havzalarini yaxlit suv aylanish tizimiga birlashtirib turadi. Atmosferadagi hamma suvlar Yer yuzasiga tushgan holda, u 25 mm. qalinlikdagi qatlamni hosil qiladi.
    Atmosferani harakatchanliligi tufayli suv almashinishi juda tez sodir bo’ladi. Atmosferadagi suv bir yilda 45 marta to’la almashinadi (yangilanadi), bu ya’ni atmosferada har 8 kunda suv yangilanib turadi demakdir. Natijada Yer yuzasiga atmosferadan yoqqan yog’in 1,1 m. qalinlikka ega.
    Atmosferaga suv asosan bug’lanish tufayli o’tadi. Yer yuzasidan yiliga 577 1012m3 suv bug’lanadi, uning 505 1012m3 okean yuzasidan bug’lanadi. Atmosferada ma’lum balandlikda bug’lar kondensasiyaga uchraydi.
    Suv bug’lari bilan birga atmosferaga issiklik (bug’lanish natijasida yashiri shaklga o’tgan) o’tadi. Mazkur issiqlik radiasion byudjetning 80%ni tashkil qiladi. Kondensasiya jarayonida atmosferada yashirin issiqlikning ajralib chiqishi – atmosferadagi turli xil harakatlarning manbai hisoblanadi. SHuning uchun suv bug’larini “atmosferaning asosiy yoqilg’isi” deb atashadi.


    Xo’jalikda suvning harakati
    Inson xo’jalik faoliyatida asosan chuchuk suvdan foydalanadi. CHuchuk suv asosan xo’jalikda, sanoatda ishlatiladi hamda aholi tomonidan ichimlik suvi sifatida foydalaniladi.
    Qishloqk xo’jaligida chuchuk suv sug’orma dehqonchilikda foydalaniladi, mazkur suvlarning 80% daryolarga qaytmaydi. Yiliga sug’orish uchun 1,9 1012m3 suv sarflanadi. Suv omborlari yuzasidan bug’lanish 0,07 1012m3 ni tashkil qiladi, ularning 5-10% qaytmaydi. Sanoatda issiqlik energetikasi suvni eng ko’p sarflaydigan soha hisoblanadi. Bu sohada suv bug’ hosil qilishda va agregatlarni sovitishda ishlatiladi.
    Ichimlik suvi sifatida aholi tomonidan yiliga 0,12 1012m3 suv sarflanadi. Ammo xo’jalikda foydalaniladigan suvlar miqdori Yer yuzasidagi daryo oqimi miqdoriga nisbatan juda kam. Ammo daryo oqimi Yer yuzasida juda notekis taqsimlangan. Suvdan foydalanish darajasi ham Yer yuzasida juda notekis taqsimlangan. Suv sarfi aholi zich joylashgan hududlarda juda yuqori. SHuning uchun mazkur hududlarda oxirgi paytlarda suv resurslari bilan ta’minlash muammosi kelib chiqmoqda va ushbu muammo yildan – yilga dolzarb bo’lib kelmoqda. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida suvlarni xududlararo taqsimlash amalga oshirilmoqda.
    Hozirgi paytda xo’jalikda suvdan foydalanish tizimi tahminan quyidagicha: kommunal xo’jalikda – 0,44 1012m3g’yil; sanoatda – 1,9 1012, qishlok xo’jaligida – 3,4 1012, suv omborlari yuzasidan bug’lanish – 0,24 1012m3g’ yil. Jami jahon xo’jaligida yiliga 6 1012m3 suv sarflanadi yoki daryo oqimining 13%ini tashkil qiladi.



    Download 1,98 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




    Download 1,98 Mb.