|
SHimoliy yarim sharni muz bosishi sababi
|
bet | 80/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaSHimoliy yarim sharni muz bosishi sababi
Okean sathini pasayishi Atlantika va SHimoliy Muz okeani o’rtasidagi suvlaring o’zaro almashinishiga va natijada shimoliy qutb atrofini sovib ketishiga, okean yuzasini muz bilan qoplanishiga olib keldi. Okeandagi muz va uning harorati ta’sirida Yevrosiyo va SHimoliy Amerika materiklarini okean bilan tutash qismida materik muzlari vujudga keldi.
Neogen davrida boshlangan materik muzliklari maydonining kengayishi geografik qobiqka faol ta’sir ko’rsatadi. Landshaft qobig’idagi tarkiblarning o’zaro bir-biriga ta’siri kuchaydi. Natijada sovuqqa chidamsiz barcha o’simliklar nobud bo’ldi yoki janubga chekindi.
Alp burmalanish bosqichida ko’tarilgan tog’larning balandligi qor chizig’idan ancha tepaga ko’tarildi, bu esa tog’larda muzliklarni rivojlanishiga va balandlik mitaqalarini shakllanishiga olib keldi.
Geografik qobiqni to’rtlamchi davrda rivojlanishi
To’rtlamchi davr eng yosh davr hisoblanib, u hozir ham davom etmoqda. Mazkur davr 1,5-2 mln. yil oldin boshlangan va ikki qismdan iborat: Pleystosen va Golosen.
Қуруқликнинг кўтарилиши
Қуруқликнинг совуши
Музликларни ҳосил бўлиши
Океандаги сувларнинг бир қисмини музга айланиши ва океан сатҳининг пасайиши
Альбедо миқдорининг ортиши
Muzliklarni shakllanish jarayonida turli omillarning o’zaro ta’siri (Gerenchuk K.I. va bosh. bo’yicha 1984)
Pleystosen davrida Yer yuzasini sovushi yanada kuchaydi, hamda iqlimni keskin o’zgarishi va muzliklar hajmini davriy o’zgarishlari sodir bo’la boshladi. Muzlar keng rivojlanib, katta maydonlarni egallagan davrlar muz bosish davrlari deb atala boshlandi. Muz bosish davrlari oralig’idagi vaqt esa muzlararo davrlar nomini oldi. Hozirgi davr Golosen davri hisoblanadi, u 10 ming yil avval boshlangan va navbatdagi muzlararo davr hisoblanadi. Golosenning boshida quruqlikdagi muzlar erib ketgan.
Qadimgi muzliklar va ularning faoliyati muzliklar hosil qilgan morena yotqiziqlari va turli xil relyef shakllarini o’rganish orqali aniqlanadi. Morena yotqiziqlarini o’rganish natijasida shimoliy yarim shardagi quruqlikdagi quyidagi muzlik davrlari ajratilgan: Alp shkalasi bo’yicha – Gyuns, Mindel, Riss Vyurm. SHimoliy Yevropada – Elster, Zoala, Visla, SHarqiy Yevropada – Oka, Dnepr, Moskva, Valday, SHimoliy Amerikada – Nebraska, Kanzas, Illinoys, Viskonsin.
Yevrosiyoda muzlar 490sh.k.ga tushib kelgan. SHimoliy Amerikada esa 370sh.k.ga tushib kelgan. Quruqlikda maydoni 45 mln.km2 ga yetgan. Bu esa quruqlikni 30% maydonini tashkil qiladi. Okeandagi muz qoplami 95 mln.km2 maydonni egallagan.
Muz bosishi va muzlararo davrlarni almashinib turishi tabiat zonalarini ham o’zgarib turishiga olib kelgan. Muz bosish davrlarida yagona sovuq va quruq iqlimga ega bo’lgan tundra zonasi hukmron bo’lgan, muzlararo davrlarda esa tabiat zonalarining joylanishi hozirgi davrga deyarli o’xshagan bo’lgan.
Iqlimini juda ko’p marotaba o’zgarib turishi o’simliklarni va hayvonot dunyosini ko’chib yurishiga va ularning ayrim turlarini yo’qolib ketishiga va yangi turlarini vujudga kelishiga olib keldi. Okean sathining pasayishi va SHimoliy Amerika, Yevrosiyo va Avstraliya o’rtasida quruqlik yo’lini hosil bo’lishi hayvonlarni ko’chib yurishini kuchaytirib yubordi.
To’rtlamchi davrning eng muhim hodisalaridan biri odamning paydo bo’lishidir. Odam gominidlar oilasiga mansubdir. Gominidlar vakillaridan hozirgi paytda faqat odam saqlanib qolgan. Maymunlar va gominidlar oilalarining tabaqalanishi oligosendayoq boshlangandi. Gominidlarning ilk vakili bo’lib miosen ramapiteki hisoblangan. Mazkur miosen ramapitekining qoldiqlari SHarqiy Afrikada, Janubiy va SHarqiy Osiyoda topilgan. Gominidlarning rivojlanishining undan keyingi bo’g’ini bo’lib pliosen avstralopiteki hisoblanadi. Ularning yoshi 5 mln.dan 1,75 ln. yilgacha. Ular odamlarning dastlabki avlodlari bo’lgan.
Pleystosenda odam turiga mansub arxantroplar paydo bo’ldi (pitekantrop, sinantrop va boshqa). Ular sodda tosh qurollaridan foydalanishgan. Odamni rivojlanishidagi eng qadimgi davr tosh asri deb ataladi. Bu davrda odamlar asosan tosh qurollaridan foydalanishgan. Tosh asri Pleystosenni to’la va golosenni bir qismini o’z ichiga oladi. Odam rivojlanishi bilan tosh qurollari ham takomillasha boshladi. Bundan 35-25 ming yil ilgari kallasi hozirgi odamning kalla hajmiga baravar bo’lgan paleontroplar (neandertallar) yashagan.
Odam o’z faoliyatining ilk davrlarida biosenozni tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan. Ularning soni kam bo’lgani uchun tabiatga sezilarli ta’sir etishmagan. Bu davrda inson asosan termachilik va ovchilik bilan shug’ullangan.
Odamlar tomonidan olovni kashf qilinishi uning rivojlanishida juda katta o’rin tutadi. Olovdan foydalanish bilan insonni tabiatga ta’siri keskin kuchaydi. O’rta va kech paleolit oralig’ida, bundan 30-40 ming yil ilgari morfologik jihatdan hozirgi odamlarga yaqin bo’lgan kramanonlar paydo bo’ldi.
Insoniyat tarixidagi birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formasiya – ibtidoiy jamoa tuzimi vujudga kela boshladi. Termachilik va ovchilikdan tashqari odamlar uylar qurish, itlardan foydalanish, kiyim-bosh tikish va baliq ovlash bilan shug’ullana boshlashdi.
Bundan 7000 yil avval golosenda tosh asri bronza asri bilan almashdi. Mazkur asrda chorvachilik va dehqonchilik keng tarqaldi. Bu esa insonni tabiatga kuchli ta’sirini boshlab berdi. Dehqonchilikda olov usuli qo’llanila boshlandi va o’rmonlar maydonini qisqarishi boshlandi.
Temir asrida hunarmandchilik paydo bo’ldi, texnika rivojlandi, mehnat taqsimoti kuchaya boshladi. Ibtidoiy jamoa ko’p joylarda sinfiy jamiyat bilan almashdi, aholi soni tez o’sa boshladi. Yangi era boshlarida dunyo aholisi 200mln. kishi edi.
Texnikani rivojlanishi va aholi sonini o’sishi natijasida tabiiy landshaftlar o’zgarib antropogen landshaftlar shakllana boshladi. O’rmonlar maydoni keskin qisqara boshladi. XX asrga kelib insonni tabiatga ta’siri tabiiy omillar ta’siriga tenglashib qoldi va inson muhim geologik kuchga aylandi.
|
| |