• Geografik muhitni boshqarish tizimi (monitoringi).
  • Antropogen va tabiiy-antropogen komplekslar




    Download 1,98 Mb.
    bet83/86
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #241761
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
    Bog'liq
    Umumiy tabiiy geografiya

    Antropogen va tabiiy-antropogen komplekslar.
    Insoniyat jamiyatining rivojlanishi davomida uning tabiatga ta’sirini ko’lami va miqyosi doimo o’sib borgan va bormoqda. Natijada turli xil Antropogen va tabiiy-antropogen komplekslar vujudga kela boshladi. Mazkur komplekslar tabiy antropogen va antropogen landshaftlardir.
    Antropogen landshaftshunoslik F.M.Milkov va uning shogirdlari tomonidan rivojlantirildi.
    Antropogen landshaftlarning turli xil sinflashtirish sxemalari mavjud. Ulardan eng keng tarqalgani inson faoliyati turiga va kelib chiqishiga ko’ra sinflashtirishdir.
    Insonni faoliyati turiga qarab 8 ta antropogen landshaftlar turi ajratiladi:
    Qishloq xo’jalik landshaftlari, o’z navbatida to’rtta sinfchalardan iborat: sug’orma dexqonchilik, o’tloq-yaylov, bog’ va aralash.
    Sanoat landshaftlari sinfi sanoat ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi. Eng keng tarqalgan turlari: karьer, tashlama, terrikon, karьer-tashlama va x. k.
    CHiziqli yo’l landshaftlari turli xil yo’llarni qurilishi natijasida hosil bo’ladigan landshaftlardir.
    Antropogen o’rmon landshaftlari sinfi madaniy o’rmonlar va kesilgan o’rmonlar o’rnida vujudga kelgan ikkilamchi o’rmonlardan iborat.
    Gidrogen landshaftlar sinfi suv omborlaridan, hovuzlardan, kanallardan iborat.
    Rekreasiya landshaftlari sinfi dam olish zonalari va turizm ta’sirida vujudga keladi.
    Seliteb landshaftlar sinfi shahar va qishloq landshaftlari turiga bo’linadi. Belligerativ landshaftlar (lot. belligero- urush olib borish) mudofaa qo’rg’onlari va boshqa landshaft turlaridan iborat.
    Kelib chiqishiga ko’ra antropogen landshaftlar texnogen, agrogen, pirogen va digression guruhlarga bo’linadi. Bundan tashqari antropogen landshaftlar maqsadli, nomaqsadli, (shudgorlangan joydagi jarlar, sug’oriladigan yerlardagi sho’rhoklar), madaniy va nomadaniy guruhlarga ham bo’linadi.


    Geografik muhitni boshqarish tizimi (monitoringi).
    Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hududni holatini nazorat qilish, kuzatish tizimiga monitoring deb ataladi. Kuzatish va nazorat qilish zamonaviy texnika vositalari yordamida amalga oshiriladi. Monitoring tushunchasining ma’nosi kuzatish, nazorat qilishni anglatadi.
    Monitoring quyidagi qismlardan iborat:

    • ќavoning, suvning, radiatsiyaning miqdori va sifatini, tozaligini o’zgarishini va holatini kuzatish;

    • olingan ma’lumotlarni mumkin bo’lgan to’planish (PDK), standartlar va normativlarga mos kelishini aniqlash;

    • tabiatda bo’ladigan o’zgarishlarni manbalarini aniqlash va bu to’g’risida kerakli davlat tashkilotlarini ogohlantirish.

    Yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda masofadan turib ma’lumotlar olish, ma’lumotni EXMda qayta ishlash, ekpress-analiz usullaridan foydalaniladi.
    Monitoringni tashkil qilish jarayonida bir necha darajali vazifalarni bajarishga to’g’ri keladi. I.P.Gerasimov monitoringni uchta darajasini (pog’onani) ajratishni tavsiya etadi:

    1. sanitar-gigienik yoki bioekologik daraja (pog’ona). Mazkur pog’onada asosiy e’tibor atrof muhitni inson salomatligiga ta’siri nuqtai nazaridan kuzatishga qaratiladi. Bunda atrof muhitni o’zgarishini inson salomatligida aks etishi o’rganiladi. (tug’ilish, o’lim darajasi, kasallanish, ularni davolash, ish qobiliyati va x.k.). Mazkur ishlar tibbiy geografik tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega.

    2. Geotizm darajasi (pog’onasi). Mazkur pog’onada tabiiy va tabiiy-texnogen tizimlar xolati kuzatiladi. Bunda modda va energiya almashinishi ko’rsatkichlariga, biologik mahsuldorlikka, geotizimlarni ifloslanishi va o’z-o’zini tozalash imkoniyatiga asosiy e’tibor beriladi.

    Tabiiy va tabiiy-texnogen tizimlar xolatini kuzatish maxsus zonal yoki regional poligonlardagi geografik stasionarlarda olib boriladi.
    Landshaftlarning va ularning tarkiblarining xolatini va xossalarini birgalikda uzoq vaqt davomida kuzatish geografik stasionar deb ataladi.
    Stasionar (muntazam) tadqiqotlar lanshaftlarni faoliyati va dinamikasini taxlili bilan bog’liq. Stasionarlar tipik landshaft doirasida tashkil qilinadi va ana shu landshaftning modeli bo’lib hisoblanishi mumkin.
    Geografik stasionar doirasida alohida joylar tanlanadi. Mazkur joylar etalon joylar bo’lib, ularda landshaftlar va ularning tarkiblari har tomonlama o’rganiladi. Bunday joylarda landshaftlar ham stasionar ham ekspedisiya tadqiqotlari davomida o’rganiladi.
    Landshaftlarning xossalari o’rganadigan va kuzatiladigan joylar geografik poligonlar deb ataladi. Kuzatuvlar samolyotlarda, vertolyotlarda va kosmik apparatlarda o’rnatilgan maxsus priborlar yordamida olib boriladi.

    1. Biosfera pog’onasi. Asosiy vazifasi atrof muhitning o’zgarishini global miqyosda kuzatish (atmosferaning musaffoligi va uni inson ta’sirida o’zgarishi, jahon suv muvozanati, Dunyo okeanini ifloslanishi, geografik qobiq va kosmos o’rtasida issiqlikning almashinishi).

    Biosfera pog’onasining kuzatish ob’ekti bo’lib geografik qobiq va uning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Mazkur pog’onada kuzatishning asosiy maqsadi – insonni yashashiga havf soladigan, xo’jalik faoliyati oqibatlarini oldini olishdir.
    Biosfera monitoringi tizimi yerning sun’iy yo’ldoshlari yordamida masofadan kuzatish va ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash natijalariga asoslanadi.

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Antropogen va tabiiy-antropogen komplekslar

    Download 1,98 Mb.