|
-jadval
Turli xil yuzalarda alьbedo miqdori
|
bet | 85/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiya13-jadval
Turli xil yuzalarda alьbedo miqdori.
Yuza turi
|
Yuza
|
Alьbedo, %
|
Tuproqlar
|
Mayda qum
|
37
|
Quruq qora tuproq
|
14
|
Nam xaydalgan dala
|
14
|
Nam qora tuproq
|
8
|
Qor va muz qoplami
|
Zich toza quruq qor
|
86-95
|
Dengiz muzi
|
36
|
Suv bilan qoplangan muz
|
26
|
O’simlik qoplami
|
Butali cho’l
|
20-29
|
Kuzgi bug’doy
|
16-23
|
Dub o’rmoni
|
18
|
Bargli o’rmon
|
17
|
Qarag’ay o’rmoni
|
14
|
Dasht o’simliklari
|
12-13
|
Botqoq
|
10-14
|
Qor yoki muz qoplami yuzasini qoraytirib olib alьbedo miqdorini kamaytirib yuborishi mumkin. Ayrim hududlarda bunday usul tog’ muzliklarini erish sur’atini oshirish va daryolar suvini ko’paytirish uchun qo’llaniladi.
Yer yuzasiga kelayotan radiatsiya miqdori alьbedodan tashqari atmosferani tiniqligiga ham bog’liq. Aerozollar miqdorining ortishi insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida ham sodir bo’ladi. Bunday xududlarda qisqa to’lqinli radiatsiya miqdori kamayib ketadi, bu esa kelayotgan radiatsiyani energetik imkoniyatini kamaytirib yuboradi.
Demak, Yerga kelayotgan radiatsiya miqdorini boshqarib turadigan omillar ikki guruhga bo’linar ekan:
- Yer yuzasi albedosi;
- Atmosferaning tiniqligi.
Mazkur omillar ta’sirida Yer yuzasiga kelayotgan Quyosh radiatsiyasi keskin o’zgarishi mumkin.
Radiasion muvozanatning sarflanadigan qismini boshqarib turadigan omillarga issiqlik taratayotgan yuzaning harakati va atmosferaning shaffofligi kiradi.
Yer yuzasini issiqlik taratishini miqdori to’lqin uzunligiga bog’liq. To’lqin uzunligi esa haroratga bog’liq. Harorat ortishi bilan to’lqin uzunligi qisqaradi, issiqlik taratish sur’ati ortadi. Yer yuzasini eng ko’p miqdorda nurlanishi spektrning infraqizil zonasiga to’g’ri keladi. Nurlanishning eng yuqori miqdori uzunligi 10 mkm bo’lgan to’lqinlarga to’g’ri keladi.
Atmosferaning shaffofligi suv bug’lari, ozon, uglerod dioksidi miqdoriga, bulutlikka, tumanlikka va boshqa narsalarga bog’liq.
Moddalarni texnogen oqimlarin boshqarish: Insonning texnogen va xo’jalik faoliyati ta’sirida vujudga kelgan nokerak moddalar atrof muhitga chiqarib tashlanganda tabiiy sharoit turli holatlarda bo’ladi. Moddalarning geografik qobiqdagi texnogen harakati A.I.Perelman, M.A.Glazovskaya, V.V.Dobrovolskiy va boshqalar tomonidan har tomonlama o’rganilgan.
Moddalarning texnogen oqimlar harakati geoximik to’siqlarga bog’liq. Planetar miqyosda geoximik to’siq sifatida geosferalar chegaralarini, tuproqlarni, yer osti suvlarining satxini kiritish mumkin. Faol yuzalar turli darajalarda bo’lishi mumkin. Landshaftlar geoximiyasida faol yuzalarning eng quyi darajalari tadqiq qilinadi. Ular birgalikda tabiatga regional va global miqyosda ta’sir qilishi mumkin.
A. I. Perelman landshaft-geoximik to’siqlarni uch guruhga bo’ladi:
A) biogeoximik;
B) fizik-ximik (oksidlanish, gleyli tiklanish, sulьfidli tiklanish, sulьfat-karbonatli, ishqorli, nordonli, bug’latuvchi, adsorbsion, termodinamik);
V) mexanik. Har bir to’siqda ma’lum miqdordagi ximiyaviy elementlar ushlanib qoladi va mazkur sharoitda harakatchanligini yo’qotadi.
Landshaft-geoximik to’siqlar shakliga qarab ikki turga bo’linadi: cho’ziqsimon va maydonsimon. CHo’ziqsimon to’siqlarga Yer yuzasidagi tabiiy-xududiy majmualarning chegaralari kiradi. Maydonsimon to’siqlar turli xossalarga ega bo’lgan tabiiy hosilalar chegaralarida vujudga keladi. (landshaftning, tuproqning, o’simlik qoplamining ma’lum bir turi va x. k.) Tuproq yuzasiga tushadigan texnogen moddalar tamoman boshqa geoximik sharoitga duch keladi (xavo va suv muhitidan tashqari). Ularning bir qismi tuproqning yuqori qatlamida ushlanib qoladi, boshqa qismi esa tuproqning quyi qatlamlariga tushib qoladi. Tuproqning har bir qatlami turli xil xossalarga ega. Masalan, o’ta nam tuproqlarda yuqori qatlamda oksidlanish, quyi qatlamda tiklanish muhiti xukmron. Har bir muhit kimyoviy elementlarni harakatiga turlicha ta’sir qilishi mumkin. Geoximik to’siqlarning turlari va ularning ximiyaviy elementlarining harakatchanligiga ta’siri 14-jadvalda keltirilgan.
14-jadval
|
| |