|
Yerda hayotni paydo bo’lishi
|
bet | 77/86 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #241761 |
Bog'liq Umumiy tabiiy geografiyaYerda hayotni paydo bo’lishi
Yerda qalin atmosfera va gidrosferaning shakllanishi va Yer yuzasida barqaror va yuqori haroratni vujudga kelishi bilan hamda ozon qatlamini qalinligini ortishi tufayli yerda hayot paydo bo’la boshladi. Yerda hayotni paydo bo’lishi muammosi Oparin A.I., Xoldeyn J. va Bernal D.J. tomonidan o’rganilgan.
Tirik organizmlar juda uzoq davr davomida rivojlanish tufayli noorganik moddalardan hosil bo’lgan. Eng oddiy organizmlar uncha chuqur bo’lmagan suv havzalarida paydo bo’lgan. CHunki sayoz suv havzalarida suv qatlami Quyosh nurlarini o’tkazadi va zaharli nurlarni ushlab qoladi. Sayoz suv havzalari asosan qirg’oq zonalarida joylashadi, qirg’oq zonalari esa gidrosfera, litosfera va atmosferaning tutashgan va o’zaro ta’sirda bo’ladigan hudud hisoblanadi.
Organizmlarni kelib chiqishi hali to’la aniqlanmagan. Olimlarning fikricha organizmlar quyidagi yo’nalishda vujudga kelgan. Atmosfera tarkibida ilk davrlarda metan, ammiak, uglerod oksidi, suv bug’lari, oltingugurt vodorodi bo’lgan. Ulьtrabinafsha nurlar va elektr zaryadlari ta’sirida organik birikmalar vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Mazkur birikmalar biri-biriga qo’shilib yanada murakkabroq birikmalarni hosil qilgan. Birikmalarning ayrim qismlari (koaservat tomchilar) tashqi muhitdan ajrala boshladi va atrof muhitdan moddalarni o’zlashtira boshlaydi va qayta ko’paya boshlaydi. Bunday tizimlarni tirik organizmlar deb atash mumkin. Bu esa biologik rivojlanishning boshlanishi edi. Ilk organizmlar organik moddalar bilan oziqlangan va geterotroflar bo’lgan. Keyinchalik noorganik moddalardan organik moddalarni hosil qiladigan avtotrof organizmlar vujudga kelgan. Bunday organizmlar Quyosh issiqligi hisobiga fotosintez jarayoni orqali noorganik moddalardan organik moddalar ishlab chiqara boshlashdi. Bu esa organik dunyoni va geografik qobiqni rivojlanishida inqilobni yasadi, chunki tirik organizmlar juda kuchli tabiiy-geografik omilga aylandi. Geografik qobiqda erkin kislorodni hosil bo’lishi bilan Yer yuzasida hayvonot olami vujudga keldi.
Qadimgi organizmlarning qoldiqlari Janubiy Afrikada qora rangli slaneslar tarkibidan topilgan, ularning yoshi 3 mlrd. yildan ortiqroq bo’lgan. Ular asosan bakteriyasimon hosilalardan iborat bo’lgan. Keynnchalik 2,7 mlrd yil avval suvo’tli ohaktoshlar shakllangan, 1,2 mlrd. yil oldin esa ko’p hujayrali suvo’tlari vujudga kelgan, so’ngra qizil va yashil suv o’tlari, undan ham keyinroq dastlabki ko’p hujayrali hayvonlar vujudga keldi (meduzalar, labsimonlar, chuvalchanglar, arxeoseatlar).
Tokembriyda geografik qobiqni rivojlanishining asosiy natijasi bo’lib atmosferada kislorodni to’planishi va atmosferadagi karbonat angidridni (SO2) juda katta miqdorda o’zlashtirishidir. SO2 ning juda katta qismi ohaktoshlar tarkibiga o’tgan. Tirik organizmlar Yer yuzasini yoppasiga qoplagandan so’ng Biosfera shaklandi.
Geografik qobiqni tuzilishi va tarkibi murakkablasha borish jarayonida organizmlar ham murakkablashib ularning yangi-yangi turlari paydo bo’la boshlaydi. Geografik qobiqning rivojlanishi davomida yer yuzasida 500 mln. dan ortiq organizmlar turi hosil bo’lgan, hozir esa 2 mln. dan ortiq organizmlar turi mavjud.
Juda ko’p olimlar Yer yuzasida organizmlarni tarqalishida uchta bosqichni ajratadi. Birinchi bosqichda organizmlar okean va dengizlarning qirg’oqlarida hosil bo’lgan va tarqalgan. Ikkinchi bosqich fotosintez jarayonini boshlanishi bilan bog’liq. Fotosintez jarayonidan so’ng organizmlar yoppasiga tarqalishdi. Uchinchi bosqichda organizmlar quruqlikka chiqib keng tarqala boshlashdi.
Olimlar geografik qobiqda hayotni paydo bo’lishida qator muhim davrlarni ajratishadi: geografik qobiqni rivojlanishi davomida biosfera doimo murakkablashib borgan, tirik organizmlarning xilma-xilligi ortib borgan; organizmlarning hayot faoliyati natijasida Yerning qobiqlarida juda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi (atmosferada erkin kislorod paydo bo’ldi, ozon qatlami vujudga keldi, uglerod dioksidi toshko’mir va karbonatli yotqiziqlari tarkibiga o’tdi); tirik organizmlar nurashda faol qatnasha boshlashdi.
|
| |