-BOB. MASHINASOZLIKDA ISHLATILADIGAN AJRALMAS BIRIKMALAR




Download 4.36 Mb.
bet10/16
Sana24.03.2017
Hajmi4.36 Mb.
#1470
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
2-BOB. MASHINASOZLIKDA ISHLATILADIGAN AJRALMAS BIRIKMALAR.

2.1. Payvand birikmalar turlari, payvandlash usullari, afzallik va kamchiliklari.

Payvand birkmalar ajralmaydigan birkmalarning asosiy turi bo’lib, mashinasozlikda va qurilish ishlarida juda keng ko’llaniladi.

Payvandlash darzlar, o’yiqlar, yoriqlar, singan joylar, sinib qolgan jismlarni ulashda, yamab berkitish va detallarni bir-biriga ulashda qo’llaniladi.

Payvandlash bir qancha usullarda amalga oshirnladi, ulardan yoy yordamida va gaz alangasida dastaki va mexanizatsiyalashgan usulda payvandlash keng tarqalgan.

Yoy yordamida payvandlash uchun o’zgaruvchan tok manbalari (payvandlash transformatori) yoki o’zgarmas tok manbalari (payvandlash to’g’rilagichlari va o’zgartkichlari)dan foydalaniladi.

O’zgarmas tokda payvandlashda detal manbaning manfiy qutbiga (teskari qutiblilik) yoki musbat kutbiga (to’g’ri qutiblilik) ulanishi mumkin. Detal musbat qutbbga ulanganda ko’p issiqlik ajralib chiqadi.

Detal yuzasini payvandlashga tayyorlshn uchun qirralar kertib kengaytiriladi, tozalanadi, organik eritmalar yoki kaustik soda yordamida yuvib yog’sizlantiriladi.

Payvand chok sovitgandan so’ng unga yo detal sirti bilan bir tekis bo’ladigan qilib, yoki chokdan detalga ravon o’tadigan qilib ishlov beriladi.



Po’lat detallarni payvandlash asosan metall elektrodlar 1-12 mm diametrli Sv-0.8, Sv-08 GA simi vositasida elektr yoy yordamida bajariladi. Sim tarkibida stabillovchi (yoyning turg’un yoninshga yordam beruvchi), ximoyalovchi (atmosferaning zararli tasiridan) shlak va gaz hosil qiluvchi, ba’zan esa chokning sifatini yaxshilaydigan ko’p chatuvchi va legirlovchi elementlar bo’lgan qatlam bilan qoplanadi.

Yaxshi payvandlanadigan kam uglerodli va kam legirlangan po’latlar (15X, 20X) oldindan qizdirmasdan va keyin ishlov bermasdan E-34, E-38, E-42, E-42A, E-46 elektroddar bilan o’zgaruvchan tokda payvandlanadi.

O’rtacha uglerodli, ko’p uglerodli va ko’p legirlangan po’latlar teskari qutbli o’zgarmas tokda payvandlanadi. Bunda detallar chokning ichki kuchlanishlarini va nuqsonlarini yo’qotish maqsadida 150-700°C (odatda 250°~300°C) gacha qizdiriladi. Payvandlangandan keyin metel toblanadi va bo’shatiladi.

Katta detallar to’g’ri qutbli o’zgarmas va o’zgaruvchan tokda, yupqadevorli detallar esa teskari qutbli tokda payvanldanadi.

Gaz alangasida payvandlashdan asosan qalinligi 2-3 mm bulgan yupqa detallarni payvandlash uchun foydalaniladi. Payvandlash materiali sifatida Sv-08, Sv-08A, Sv-08GS va boshqa turdagi simlar ishlatiladi. Payvandlashdan oldin chok gorelka yordamida 650-700°C temperaturagacha qizdiriladi.

Cho’yan detallarni payvandlash gaz alangasida yoy yordamida xam bajariladi. Payvanllashshning uch turi bor: butun detalni 500-700°C gacha pechda yoki ko’rada qizdirib payvandlash; gorelka yordamida detalning ayrim joylarini 250-450°C gacha qizdirib payvandlash (chala qizdirib payvandlash); qizdirmasdan payvandlash (sovuqlayin payvandlash). Payvandlangan birkma asta-sekin sovitidadi.

Bolg’alanuvchan cho’yan uchun: mis-temir elektrodlar, CSh-4 markali po’lat elektrodlar, latun yoki monel-metalldan ishlangan 3-4 mm diametrli chiviqlar ishlatiladi.

Alyuminiy va uning qotishmalaridan ishlaangan detallar avval yaxshilab tozalanadi. 250°C gacha qizdiriladi va yoy yordamida payvandlanadi. Gaz yordamida payvandlash neytral atsetelen alangasida bajariladi.

Mis va mis qotishmalaridan tayyorlangan detallarni payvandlash gaz yoki yoy yordamida amalga oshiriladi. Misli yoy yordamida payvandlashda M1 markali mis sim yoki fosforli mis sim, ko’mir yoki grafit elektrodlar ishlatiladi.

Latun va bronzalar tarkibida bor bo’lgan qoplamali ko’mir elektrodlar bilan amalga oshiriladi.

Barcha detallarni payvandlashda payvandlash materiali sifatida payvandlanadigan material bilan bir jinsli material ishlatiladi.

Payvand birikmalar uchma-uch, ustma-ust va burchak ostida amalga oshiriladi. Payvand choklar shakliga qarab ustma-ust va burchakli choklarga bulinada.

Chunki payvand birikmalarda boshqa ajralmas birikmalardagiga qaraganda birmuncha afzalliklari bor, masalan birikma kam mehnat talab qilishi bilan birga, metallni tejashga imkon beradi. Bundan tashqari, murakkab shakilli yirik cho’yan quymalar o’rniga payvand birikma vositasida tayyorlangan yengil po’lat detallar ishlatilishi, materialni 30-40% tejashga imkon beradi.

Payvandlashni suyuqlantirib va bosim ostida payvandlash usullariga bo’linadi.

Suyuqlantirib payvandlashga elektr yoyi, elektroshlok usulida, gaz alangasida, elektron nuri yordamida plazma, lazer nuri yordamida va boshqa payvandlashlar usullari kiradi.

Bosim ostida payvandlashga kontakt usuli, ishqalab, portlash, sovuqlayin va boshqa usullar kiradi.

Sanoatda asosan elektr yoyi yordamida, gaz alangasini yordamida hamda kontakt usulida payvandlashlar ko’p ishlatiladi.



Download 4.36 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 4.36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. MASHINASOZLIKDA ISHLATILADIGAN AJRALMAS BIRIKMALAR

Download 4.36 Mb.