• Bajardi
  • “Aloqa infratuzilmasi va xizmatlari hamda elektron hujjat aylanishini rivojlantirishning dolzarb muammolari”
  • Atdt kafedrasi Kurs ishi Mavzu




    Download 167.81 Kb.
    bet1/4
    Sana19.03.2017
    Hajmi167.81 Kb.
    #335
      1   2   3   4

    O’zbekiston Respublikasi Aloqa, Axborotlashtirish va Telekomunikatsiya Texnologiyalari Davlat Qo’mitasi
    Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

    ATDT kafedrasi

    Kurs ishi

    Mavzu: JAVA dasturlash tilida lug’at yaratish.

    216-11 ITo' guruh talabasi

    Bajardi: Ravshanov H

    Tekshirdi: Rahmonova M

    Toshkent 2014



    Mundarija.

    Kirish.


    1.Asosiy qism.

    1.1. Masalaning qo’yilishi. 1.2. Mavzu bo’yicha nazariy va amaliy malumotlar taxlili. 1.3. Dasturni tuzishda foydalanilgan mavzular.

    1.4. Dasturdan natija olish, uni taxlildan o’tkazish va Tizimli dasturiy taminotdan foydalanish texnologiyasi.

    Xulosa.


    Ilova.

    Kirish.

    O'zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini dadil qo'yayotgan hozirgi davrda, axborotlashtirilgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Respublikamizda jamiyatimizni axborotlashtirish maqsadida bir qancha qaror va qonunlar qabul qilindi. Masalan, 1993- yil 7- may va 2003- yil 11- dekabrdagi «Axborotlashtirish to'g'risida»gi qonun, 2002- yil 30- maydagi «Kompyuterlashtirish va informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni qo'llashni yanada rivojlantirish» haqidagi qaror, 2003- yil 11- dekabrdagi «Elektron raqamli imzo haqida»gi qonun va 2004- yil 29- apreldagi «Elektron hujjat yuritish» haqidagi qonun fikrimizning dalilidir. Informatika vositalari jamiyatimizning barcha jabhalariga tobora kirib borayotgani, axborotni tez va sifatli qayta ishlash malakasi o'sib kelayotgan har bir yoshning turmush talabiga aylanishini ko'rsatib bermoqda. Axborotning qimmatbaho tovarga aylanib borayotgani, informatika fanining nufuzi va ahamiyati o'sib borayotganidan dalolatdir.Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bugungi dunyoda, aniqrog‘i, insoniyat hayoti faoliyati davomida axborot texnologiyalari sohasi keng tarqalganligi bilan bir qatorda, tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatni axborot texnologiyalaridan jinoiy maqsadlarda foydalanishdan samarali himoya qilish muammosini keltirib chiqarmoqda.

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatimizda tutgan o`rni tobora ortib, hayotimizning barcha jabhalariga keng kirib borayotir.

    Shu bois axborotlashtirish sohasiga oid qabul qilingan qator farmonlar, qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlarning ijrosi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo`mitasi hamda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamkorligida "Jamiyatni axborotlashtirish muammolari va shartlari" mavzuida o`tkazilgan seminarda shu haqda so`z yuritildi.

    Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.



    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo`mitasi raisi X.Do`stmuhamedov boshqargan anjumanda jamiyatni axborotlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ahvoli, axborotlashtirish sohasida qabul qilingan qonunlarning amalda joriy etilishi, ushbu yo`nalishdagi jahon tajribasi va istiqboliga doir masalalar muhokama qilindi.

    Tadbirda "Axborotlashtirish masalalarining mamlakatdagi ahvoli: yutuqlar, muammolar, rejalar", "Jamiyatni axborotlashtirishning huquqiy asoslari", "Respublikamizda telekommunikatsiya tizimini rivojlantirish muammolari", "Ta`lim tizimini axborotlashtirishning dolzarb masalalari" kabi mavzularda ma`ruzalar tinglandi.

    Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy sohada, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmog’ida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Axborot makonini shakllantirish masalalari davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g‘risida”gi farmonida o’z aksini topgan va shu asosda 2002-2010 yillarda Kompyuterlashtirish va AKT rivojlantirish Dasturi ishlab chiqilib izchillik bilan amalga oshirilmoqda

    Shu bois 2007 yil 27 sentabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi hamda 2007 yil 30 noyabrda Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida ma’qullandi va 2007 yil 26 dekabrda rasmiy e’lon qilinib, shu kundan e’tiboran kuchga kirdi.

    Avvalambor, mazkur qonunning qabul qilinishi sabablari, maqsadi, ahamiyati va zaruriyligi haqida to‘xtalib o‘tsak. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va uni jamiyat hayotining barcha jabhalariga joriy etish masalasiga katta e’tibor berib kelinayapti. Natijada axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalardan kundalik hayotda va barcha sohalarda keng foydalanilmoqda.

    Qonunning 2-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat- protsessual

    kodeksining “Dastlabki tergovning majburiyligi” nomli 345-moddasining beshinchi qismidagi “168-174” raqamlari “168-173” va “266-278” raqamlari “266-278 6 ” raqamlari bilan almashtirildi. Natijada Jinoyat-protsessual kodeksi 345-moddasining beshinchi qismidan Jinoyat kodeksining 174-moddasi chiqarildi hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga yangi kiritilgan 278 1 -278 6 -moddalarida belgilangan jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib borilishi belgilandi.

    Qonunning 3-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining “Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” nomli XI bobiga “Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish” nomli yangi 1551 – modda kiritildi. Unga ko‘ra, kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati bo‘lgan shaxsning ushbu tizimdan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzishi kompyuter axborotining yo‘q qilib yuborilishiga, to‘sib qo‘yilishiga, modifikatsiyalashtirilishiga, kompyuter uskunasi ishlashining buzilishiga sabab bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilandi.

    Toshkentda 16 oktabr kuni “Aloqa infratuzilmasi va xizmatlari hamda elektron hujjat aylanishini rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. U O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Rossiya Federatsiyasining Axborot texnologiyalari bo‘yicha federal agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.

    Mamlakatimizda elektron hujjat aylanishi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. O‘zA muxbiri Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari nomzodi Rixsi Isayevdan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zlab berishni iltimos qildi.

    - Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, – dedi R.Isayev, – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan.

    Mamlakatimizda 2003-2004- yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, ana shunday hujjatlardan biri “Elektron raqamli

    imzo to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq elektron raqamli imzo shaxsiy imzoga tenglashtirildi va u bilan bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ldi. “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonun esa elektron hujjatning huquqiy kuchga ega ekanini belgilaydi. Elektron hujjatning majburiy rekvizitlaridan biri elektron raqamli imzo hisoblanadi. “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun elektron tijoratni huquqiy tartibga solish jihatlarini belgilaydi. Bunga global kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi natijasida dunyoda axborot uzatish va tarqatish sohasida ro‘y bergan keskin o‘zgarishlar sabab bo‘ldi. Xalqaro tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, jami korporativ axborotning qariyb 30 foizi ma’lumotlar bazasida yo‘nalishlarga bo‘lingan va bo‘linmagan holda elektron shaklda almashilmoqda hamda saqlanmoqda. Elektron matnli axborot hajmi har uch yilda ikki baravarga ko‘payadi. Elektron axborot hajmining ko‘payishiga qarab, qog‘ozdagi hujjatlar soni va hujjat aylanishi hajmi ham ortadi. Dunyoda har yili 6 milliardga yaqin yangi hujjat paydo bo‘lmoqda. Shubhasiz, bunday sharoitda elektron hujjat aylanishi yanada tez rivojlanadi. Bu esa axborot almashish tezligini ancha oshirib, uni saqlash joylariga bo‘lgan ehtiyojni jiddiy ravishda kamaytirish imkonini beradi.

    Elektron hujjat aylanishini rivojlantirish zarurati uchta omilga bog‘liq. Bu rasmiy hujjatlar bilan ishlashda texnologik o‘zgarishlarni amalga oshirish. Buning natijasida qog‘ozda ish yuritish o‘rnini elektron hujjat aylanishi egallaydi. Kompaniyalar katta hajmdagi axborot oqimini to‘plash va qayta ishlash, biznes-jarayonlar, moliyaviy, moddiy, nomoddiy, mehnat hamda boshqa resurslarni hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash jarayonlarini avtomatlashtirishga ehtiyoj sezmoqda. Jadal rivojlanib borayotgan Elektron tijoratda tomonlar o‘rtasidagi bitimlar Internet tarmog‘idan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi.

    Dunyoda dastlabki elektron hujjat aylanishi tizimi bank sohasida paydo bo‘ldi. Shunday tizimlardan biri – SWIFT o‘tgan asrning 70-yillaridan buyon ishlatilmoqda. Keyinchalik ichki va banklararo axborot tizimlari ham rivojlana boshladi. Tizimlar takomillashib, rivojlandi va biznes-jarayonlar, axborot, tasvirlar va katta hajmdagi ishlarni boshqarishga yo‘naltirildi.

    Hozir dunyoda elektron hujjat aylanishi tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan o‘n minglab kompaniyalar mavjud. IBM, Microsoft, Otacle, Documentum kabi kompaniyalar ushbu sohada yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, elektron hujjat aylanishi tizimlarini rivojlantirishda ayrim kompaniyalar o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirayotgani ham kuzatilmoqda.

    Bugungi kunda elektron hujjat aylanishi axborot taqdim etishning asosiy usuliga aylandi. Turli hujjatlar bilan faol ishlashda ertami, kechmi katta hajmdagi axborotni tizimlashtirish, qayta ishlash hamda xavfsiz saqlash muammosi yuzaga keladi. Elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish orqali qog‘oz hujjatlar bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan ko‘plab tashkiliy va texnologik cheklovlarni bartaraf etish mumkin. Bu esa hujjatlar bilan ishlash samaradorligi, boshqarish sifatini oshirish, axborotni ishonchli himoya qilishni ta’minlash imkonini beradi. Elektron hujjat aylanishi tizimlari nafaqat bitta korxona miqyosida, balki mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalarida qo‘llanishi lozim. Masalan, soliq sohasida ushbu tizim yordamida soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarishi bo‘yicha hisobot axborotini to‘plash, ularni hisobga olish, axborot-tahliliy soliq tekshiruvlarini olish hamda tahlil qilish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona sohasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qayd etish, bojxona to‘lovlari, import, eksport va tranzit yuk tashishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni olish, iqtisodiyot va sanoat sohasida makroiqtisodiy ma’lumotlarni to‘plash, sanoatning rivojlanishiga oid asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va hokazolarga ega bo‘lishga yordam beradi.

    Bu borada biznes-sheriklar va mijozlar bilan o‘zaro munosabatni tashkil etishga mo‘ljallangan elektron hujjat aylanishi tizimi jadal rivojlanmoqda. Ushbu tizimlarda bitimlarni tasdiqlash uchun elektron hujjat almashinuvi amalga oshiriladi. Bu tarzda hujjat almashinuvi elektron hujjat aylanishi tizimini elektron pochta bilan integratsiyalashtirish yoki portallardan foydalanish hisobidan ta’minlanadi. Bunday o‘zaro munosabatlar elektron hukumat, elektron tijoratni rivojlantirish uchun zarur. Ko‘pgina davlatlarda elektron hamjihatlikning bunday tizimlari hukumat muassasalari tomonidan on-layn tartibida o‘zlarining rasmiyatchilik masalalarini hal etish, shuningdek, Internet tarmog‘i orqali haydovchilik guvohnomasini yoki boshqa ruxsat qog‘ozlarini olish uchun qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, elektron hujjat aylanishi xizmatiga talab katta va u elektron tijorat tizimlarida samarali qo‘llanilmoqda. Elektron tijoratni amalga oshirish uchun banklar ichida va banklararo elektron to‘lovlar tizimlari hamda chakana elektron to‘lovlar tizimlarini rivojlantirish zarur. So‘nggi yillarda bank kreditlari va debit kartlari,

    shuningdek, elektron hamyonlardan foydalangan holda moliyaviy operatsiyalarni bajarishning muqobil uslubini taqdim etadigan elektron to‘lov tizimlari ommalashdi. Uzatiladigan axborot xavfsizligini ta’minlash va elektron hujjat dalil bo‘la oladigan kuchga ega bo‘lishi uchun unga maqom berish bilan bog‘liq qator masalalarni hal etish zarurati elektron hujjat aylanishini rivojlantirish yo‘lidagi asosiy to‘siq hisoblanadi. Bu masalalarni elektron hujjat aylanishini har bir suveren davlat ichida hamda xalqaro maydonda huquqiy tartibga solish orqali hal etish mumkin. Yuqorida qayd etilgan maxsus qonun hujjatlarining qabul qilinishi O‘zbekistonda elektron hujjatni samarali qo‘llash uchun huquqiy asos yaratdi. Bu borada dastlabki tajribaga ham ega bo‘ldik. Sirdaryo viloyatida elektron hukumatni joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlaydigan yaxlit tizimni yaratish, “Sirdaryo viloyati portali”ni tashkil etish, elektron hujjat aylanishini joriy etish hamda mahalliy hokimiyat tuzilmalarining fuqarolar, biznes-tuzilmalar bilan yanada yaqin hamkorligiga yordam beradigan boshqa choralar ko‘zda tutilgan. Elektron hujjat aylanishini korxonada, soha miqyosida, respublika bo‘yicha va uning tashqarisida joriy etish katta samara beradi. Mamlakatimizda zamonaviy elektron axborot almashishga o‘tish uchun elektron hujjat aylanishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish infratuzilmasi yaratildi – telekommunikatsiyalar tarmog‘ining 80 foizi raqamlashtirildi va bu MDH mamlakatlari bo‘yicha katta ko‘rsatkich, hukumatimizning asosiy qonun hujjatlari va qarorlari qabul qilindi, elektron raqamli imzoni qo‘llash infratuzilmasi shakllantirilmoqda va hokazo. Yana shuni ta’kidlash joizki, bu borada qator muammolar ham bor. Ularni hal etmasdan turib, mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida elektron hujjat aylanishini jadal rivojlantirib bo‘lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda, iqtisodiyotning har bir tarmog‘ida va mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, korporativ axborot tarmoqlarini tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish zarur. Shuningdek, tarmoqlar va respublika hududlari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha raqamli tafovutni kamaytirish uchun sharoit yaratish, elektron hujjat aylanishi tizimlari va xizmatlarini davlat boshqaruvida qo‘llashda ularni standartlashtirish masalalarini hal etish, elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari infratuzilmasini shakllantirish uchun

    Elektron raqamli imzolarni ro‘yxatga olish markazini rivojlantirish hamda fuqarolik-huquqiy munosabatlari sohasida kriptografiya vositalaridan foydalanishni tartibga solish lozim. Poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan “Aloqa infratuzilmasi va xizmatlari hamda elektron hujjat aylanishini rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman elektron hujjat aylanishi xizmatlaridan barcha joylardagi foydalanuvchilarni o‘qitish, aholining elektron raqamli imzoga bo‘lgan ishonchini oshirish, elektron hujjat aylanishi tizimlarida axborot xavfsizligini mustahkamlash kabi muhim masalalarni hal etish yo‘llarini muhokama etish imkonini beradi.




    Download 167.81 Kb.
      1   2   3   4




    Download 167.81 Kb.