Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»




Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/93
Sana29.01.2023
Hajmi3.42 Mb.
#40040
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93
Bog'liq
Tolalar haqida
KXA56SHIXE, The Algorithm Design Manual, Mavzu Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash usu-fayllar.org (1), Behzod Boltaboyev, САО005 оқими учун мустақил иш мавзулари, Do\'stmurodov Xusan, Коди cal 1316 Номи (1), Plitalar, 84078527a4, ciziqli1932, ehtimol yakuniy, Taklifnoma, Final Interview, Mustaqil ish qanday yoziladi. Is\'hoqova Z
KALAVA IP TURLARI
1. Kalava ip va iplarning xossalari 
2. Kalava ip turlari 
Yigirish usuliga qarab, paxta kalava ip apparat, qayta tarash va karda kalava 
ipiga, jup kalava ip - apparat, qayta tarash, yarim qayta tarash ipiga, ipak kalava ip 
– tabiiy ipakdan yigirilgan apparat ipiga, zig‗ir kalava ip – quruqlayin yigirilgan va 
ho‗llab yigirilgan, quruqlayin yigirilgan tarandi va ho‗llab yigirilgan tarandi
kalava iplarga bo‗linadi. 
Tolalarning tarkibiga qarab, kalava ip bir xil tolalardan tashkil topgan bir 
jinsli hamda turli tolalardan tashkil topgan aralash xillarga bo‗linadi. 
Pardozi va bo‗yalishiga qarab, kalava ip xom (pardozsiz), oqartirilgan, 
bo‗yalgan, merserizatsiyalangan, melanj (rangli tolalar aralashmasidan yigirilgan) 
va boshqa xillarga bo‗linadi. 
Tuzilishiga (konstruksiyasiga) qarab, kalava ip yakka, pishitilgan, eshilgan 
va shakldor xillarga ajratiladi. YAkka kalava ip yigirish jarayonida buralgan ayrim 
tolalardan iborat. YAkka kalava ipning burami bo‗shatilganda ayrim tolalarga 
ajralib ketadi. Pishitilgan kalava ip ikni yoki undan ko‗p iplardan burab 
tayyorlanadi. Bunday kalava ipning burami bo‗shatilganda ayrim iplarga ajraladi. 
Eshilgan kalava ip ikki va undan ko‗p iplardan buramasdan tayyorlanadi. SHakldor 
kalava ip ma‘lum tashqi effektli kalava ip (rasm) ko‗rinishida bo‗ladi, SHakldor 


29 
kalava ip turli uzunlikdagi iplarni qo‗shib burash yo`li bilan olinadi. 
Armaturalangan kalava ipning o‗rtasida o‗zak bo‗lib, unga butun uzunligi bo‗yicha 
paxta, jun, zigir yoki kimyoviy tolalar o‗raladi. YUqori hajmdor kalava ip 
(cho‗ziluvchanligi 30% va undan ortiq) har xil darajada kirishadigan sintetik 
shtapel tolalardan tayyorlanadi. 
Kompleks to‗qimachilik iplari 
uzunasiga qo‗shilgan elementar iplarni 
elimlab yopishtirish yoki burash yo`li 
bilan olinishi mumkin. Pilla iplarini 
yopishtirib xom ipak olinadi. Bir necha 
xom ipakni qo‗shib yopishtirish yo`li 
bilan 
pishitilgan 
tabiiy 
ipak 
tayyorlanadi. Pishitishning oddiy (bir 
necha ipni ko‗shib burash) yoki 
murakkab (pishitilgan bir necha ipni 
ko‗shib burash) xillari bor. Oddiy 
pishitish usulida bo‗sh pishitilgan ipak 
– arqoq pishiq pishitilgan ipak – muslin 
va huda pishiq pishitilgan ipak – krep 
olinadi. Murakkab pishitish usulida 
tanda olinadi. 
Kimyoviy elementar tolalarni pishitib sun‘iy va sintetik kompleks iplar: 
qiyalatib pishitilgan, pishiq pishitilgan (muslin), juda pishiq pishitilgan (krep), 
shakldor (tuguncha-tugunchali, spiralsimon va xokazo), maxsus pishitilgan iplar 
(mooskreplar, teksturalangan iplar) ishlab chiqariladi. 
Mooskreplar 
va 
teksturalangan 
iplar 
gazlamalarning 
mayinligini, 
xajmdorligini oshiradi, issiqni saqlash xossalarini yaxshiladi. 
Mooskrep – murakkab pishitilgan ipaq o‗zak ip va o‗ma ipdan iborat. Urama 
ip o‗zak ip ustiga o‗raladi. O‗zak ip sifatida viskoza krep, o‗rama ip sifatida esa 
pishitshshagan viskoza ipak (viskoza mooskrep) yoki atsetat ipak (asetatli 
mooskrep) ishlatiladi. 
Teksturalangan iplar kimyoviy tolalardan tayyorlanadi, ular qo‗shimcha 
ishlov berish yo`li bilan o‗zgartirilgan strukturaga ega bo‗ladi.
Ular turg‗un buramli, momiq, mayin, qayishqoq. 
CHo‗ziluvchanlik darajasiga qarab teksturalangan kompleks iplar uch xilga: 
eng yuqori cho‗ziluvchan (100% va undan ortiq), yuqori cho‗ziluvchan (100%
gacha) va oddiy cho‗ziluvchan (30 %gacha) xillarga bo‗linadi. 
Eng yuqori cho‗ziluvchan iplarda (elastiq akon, komelan) tashkil etuvchi 
tolalarning buramdorligi eng yuqori bo‗ladi. Elastik iplari cho‗ziluvchan 


30 
(400%gacha) va ancha qayishqoq bo‗ladi. Elastik iplari termoplastik poliamid 
tolalardap maxsus pishitib va buramini termin usulda puxtalab ishlab chiqariladi. 
Keyin buramlari bo‗shatilganda o‗ramlar ipdan orqada qolib uni bo‗sh va hajmdor 
qiladi. Akon - ikki galda buralgan kapron va atsetat iplardan iborat eng yuqori 
cho‗ziluvchan ip. Komelan - KOME mashinasida kapron va kompleks atsetat 
ipdan tayyorlanadigan eng yuqori cho‗ziluvchan ip. KOME mashinaspning o‗ziga 
xos xususiyati unda elastik tasmadan iborat bo‗lgan pishitish mexanizmining 
borligidadir. Ip elastik tasma sirtiga tekkanda buralib pishiydi. Hosil qilingan 
buralish effektini mustahkamlash uchun iplar termik ishlovdan o‗tkaziladi. 
YUqori cho‗ziluvchan iplar (meron, melan, rilon, gofron) ustki, sport va 
ichki trikotaj buyumlar, gazlamalar, g‗altak iplar (gofron) tayyorlash uchun 
ishlatiladi. Meron kompleks kapron iplardan, melan esa lavsan iplardan bir 
protsessli soxta metodda pishitish va keyin avtoklavda stabillash yo`li bilan 
olinadi. Rilon kapronni plastinkaning qizdirilgan qirrasi bo‗ylab tortish metodi 
bilan olinadi. Gofron iplarini olish uchun silliq kompleks kapron ip gofrlovchi 
qurilma orqali o‗tkaziladi. Bu erda kapron ip maxsus roliklar yordamida buraladi 
va buramlarini termnk puxtalash uchun trubali qizdirilgan kameradan o‗tkaziladi. 
Oddiy cho‗ziluvchan ip (aeron) – teksturalangan iplar ichida eng zich ip. 
Uning sirtidagi halqalar kompleks kapron ipga siqilgan havo oqimi ta‘sir qilishidan 
hosil bo‗ladi. Bunday halqali iplarni barmoqlar bilan paypaslab qurilganda jun 
iplarni eslatadi. Ulardan gazlamalar, trikotaj hamda sun‘iy mo‗yna ishlab 
chiqarishda foydalaniladi. 
A r a l a sh teksturalangan iplar (trikon, takon) har xil teksturalangan iplarni 
pishitilmagan kompleks iplar bilan qo‗shib pishtish yo`li bilan olinadi. Trikon 
kapron-elastik va triatsetat iplardan, takon esa kapron va atsetat iplardan iborat. 
Monoiplar (yakka iplar) sintetik tolalardan tayyorlanadi. Monoiplar 
ko‗pincha dumaloq kesimli qilib ishlab chiqariladi, lekin yassi, profillangan 
bo‗lishi ham mumkin. Monoiplarning qattiqligi, qayishqoq1igi va ishlatilish sohasi 
ularning yug‗oningichkaligiga bog‗liq bo‗ladi. Eng ingichka monoiplar elimlovchi 
ip sifatida ishlatnladi; ulardan bluzkabop va ko‗ylaklik gazlamalar, trikotaj, 
noto‗qima materiallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. YO`g‗on monoiplar 
{kapron tolalar) miyonabop gazlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Profillangan 
monoiplar juda yaltiroq bo‗ladi va to‗qimachilik buyuilarini ko‗rkamlashtiradi. 
Fliret – yassi kesimli kapron monoiplar. Plastileks – polietilen plyonkalardan 
qilingan piltalar bo‗lib, ularning ustiga vakuumda metall zarrachalari qo‗ndiriladi. 

Download 3.42 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93




Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»

Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish